Futbol bo‘yicha Yevropa Ligasining 5-turidan o‘rin olgan bir qator o‘yinlar 3-dekabr, payshanba kuni bo‘lib o‘tdi.

Foto: Twitter

“Milan” o‘z maydonida “Seltik”ni qabul qildi. O‘yin kutilmaganda mehmonlarning ikkita tezkor goli bilan boshlandi. 7-daqiqada Tom Rogich himoyadagi xatodan unumli foydalangan bo‘lsa, oradan ko‘p o‘tmay Eduar ikkinchi golni urdi.

Uchrashuvning 24-daqiqasida Hoqon Chalxono‘g‘lu jarima zarbasini qoyilmaqom ijro etib, hisobni qisqartirdi. Oradan ikki daqiqa o‘tib Samuel Kastilyexo muvozanatni tikladi. Ikkinchi bo‘limda milanliklar yana ikki bor mehmonlar darvozasiga yo‘l topdi. Yens Heuge va Brahim Diasning gollari “Milan”ga g‘alabani taqdim etdi.

Guruhning ikkinchi o‘yinida “Lill” so‘nggi daqiqalardagi gollar evaziga “Sparta”ni taslim etdi. Shu tariqa “Lill” (11 ochko) va “Milan” (9) muddatidan avval pley-off yo‘llanmasiga ega chiqdi.

Muddatidan avval keyingi bosqich masalasini hal qilib qo‘ygan “Lester” safarda “Zarya”ga yutqazib qo‘ydi. “Braga” esa gollarga boy bo‘lgan bahsda g‘alabaga erishdi.

“Tottenhem” jamoasi LASK maydoniga safar qildi. Avvaliga maydon egalari birinchi bo‘lim yakunlanishi arafasida oldinga o‘tib oldi. Bunga londonliklar tanaffus arafasida Garet Beyl tomonidan urilgan gol bilan javob qaytardi. Ikkinchi bo‘lim debyutida Son Hyon Min “shporlar”ning ikkinchi golini urdi. o‘yinning so‘nggi daqiqalari qiziqarli kechdi. 84-daqiqada LASK hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘ldi, biroq oradan ikki daqiqa o‘tib Dele Alli penaltini aniq bajardi. Hakam tomonidan qo‘shib berilgan vaqtda Mamudu Karamoko o‘zining chiroyli goli bilan o‘yinga nuqta qo‘ydi. Bu durang orqali Joze Mourinyo jamoasi pley-off yo‘llanmasiga ega chiqdi.

Guruhning narigi o‘yinida “Antverpen” o‘zida “Ludogorets”ni yengdi. So‘nggi turda “Antverpen” va “Tottenhem” birinchi o‘rin masalasiga oydinlik kiritadi.

Yevropa Ligasi

5-tur bahslari

3-dekabr, payshanba

G guruhi

“Zarya” Ukraina — “Lester” Angliya 1:0

Gol: 1:0 – 84 Sayyadmanesh.

AYEK Gretsiya — “Braga” Portugaliya 2:4

Gollar: 0:1 – 7 Tormena, 0:2 – 9 Eshgayyu, 1:2 – 31 Oliveyra, 1:3 – 45 Rikardu Orta, 1:4 – 82 Galeno, 2:4 – 89 Vasilantonopulos.

H guruhi

“Milan” Italiya — “Seltik” Shotlandiya 4:2

Gollar: 0:1 – 7 Rogich, 0:2 – 14 Eduar, 1:2 – 24 Chalxono‘g‘lu, 2:2 – 26 Kastilyexo, 3:2 – 50 Heuge, 4:2 – 82 Brahim Dias.

“Milan”: Donnarumma, Gabbiya, Teo, Kyer (Romanyoli, 11), Diogu Dalot, Heuge, Chalxono‘g‘lu (Brahim Dias, 61), Kastilyexo, Krunich (Tonali, 46), Rebich (Kolombo, 83), Kessie (Bennaser, 61).

“Seltik”: Barkas, Elxamed, Ayer, Laksalt, Frimpong, Rogich (Ntcham, 67), Biton, Braun (Soro, 78), Makgregor, Kristi (Klimalya, 86), Eduar.

Ogohlantirishlar: Kristi (23), Rogich (67), Braun (75).

“Lill” Fransiya — “Sparta” Chexiya 2:1

Gollar: 0:1 – 71 Kreychi, 1:1 – 80 Yilmaz, 2:1 – 84 Yilmaz.

I guruhi

“Qorabog‘” Ozarbayjon — “Makkabi” Isroil 1:1

Gollar: 0:1 – 22, penalti Koen, 1:1 – 37 Romero.

“Sivasspor” Turkiya — “Vilyarreal” Ispaniya 0:1

Gol: 0:1 – 75 Chukvueze.

J guruhi

LASK Avstriya — “Tottenhem” Angliya 3:3

Gollar: 1:0 – 42 Mixorl, 1:1 – 45, penalti Beyl, 1:2 – 56 Son Hyon Min, 2:2 – 84 Eggeshtayn, 2:3 – 86, penalti Alli, 3:3 – 90 Karamoko.

LASK: Shlager, Andrade, Ranftl, Vizinger, Goyginger (Karamoko, 69), Renner, Eggeshtayn, Mixorl, Gruber (Rayter, 69), Madsen, Holland.

“Tottenhem”: Hart, Tanganga, Sanches, Devis, Doerti, Lukas Moura (Sissoko, 65), Ndombele (Bergveyn, 65), Beyl (Orye, 82), Hyoybyerg, Son Hyon Min (Alli, 82), Lo Chelso (Dayer, 71).

Ogohlantirishlar: Lukas Moura (25), Mixorl (32), Andrade (45), Karamoko (79), Vizinger (86), Alli (88).

“Antverpen” Belgiya — “Ludogorets” Bolgariya 3:1

Gollar: 1:0 – 19 Ongla, 1:1 – 53 Despodov, 2:1 – 72 de Lat, 3:1 – 87 Benson.

L guruhi

“Gent” Belgiya — “Slovan” Chexiya 1:2

Gollar: 0:1 – 32 Mara, 0:2 – 55 Kacharaba, 1:2 – 59 Yaremchuk.

“Srvena Zvezda” Serbiya — “Hoffenhaym” Germaniya 0:0

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!