Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekistonda koronavirus xavfining nisbatan kamaygani, kasallikka chalingan bemorlar soni sezilardi darajada qisqargani sabab infeksiyani davolash bilan shug‘ullanayotgan bir necha shifoxonalar odatiy ish rejimiga qaytmoqda.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

SSV matbuot xizmatining xabar berishicha, yana uchta shifoxona: Toshkent shahar tez tibbiy yordam klinik shifoxonasi, Toshkent shahar perinatal markazi va Toshkent shahar 3-son yuqumli kasalliklar shifoxonasi o‘z yo‘nalishi bo‘yicha dastlabki tartibda faoliyatini davom ettiradi.

Ushbu shifoxonalar 2-dekabrdan boshlab koronavirusga chalingan bemorlarni qabul qilishni to‘xtatadi, kasalxonalardagi davolanish davom ettirilishi talab etiladigan bemorlar tegishliligi bo‘yicha 1 va 2-son Zangiota yuqumli kasalliklar shifoxonalariga ko‘chiriladi.

Bemorlar chiqarilgandan so‘ng muassasa o‘rnatilgan tartibda zararsizlantiriladi va epidemiyaga qarshi choralar ko‘rilib, mavjud tibbiy jihozlar konservatsiya qilinadi. Infeksiyani davolashda qo‘llanilayotgan dori vositalari zaxira sifatida saqlanadi.

Avvalroq 15-martdan buyon COVID-19 bemorlarini davolash bilan shug‘ullangan Virusologiya ilmiy tekshirish instituti klinikasi odatiy ish faoliyatiga qaytgani, Samarqandning Kattaqo‘rg‘on shahri va Urgut tumanidagi COVID markazlari yopilgani, Toshkentdagi ayrim taqsimlash markazlari yopilayotgani haqida xabar berilgan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“O‘zgidromet” 1-aprel kuni qanday ob-havo bo‘lishini ma’lum qildi
Iqtisodiyot
Braziliya va Xitoy o‘rtasida savdoda dollardan voz kechilib, yuanga o‘tildi
Mahalliy
O‘zbekistonda har uchinchi ayol turmush o‘rtog‘i tomonidan o‘ziga nisbatan zo‘ravonlik sodir etilgan deb biladi