Daryo

Jurnalist va adabiyotshunos Saydi Umirov 82 yoshida vafot etdi

U Yozuvchilar, Jurnalistlar ijodiy uyushmalari a’zosi, “Oltin qalam” milliy mukofoti sovrindori edi

1 daqiqa o‘qish65 554 ko‘rishlar0 izoh0
Foto:

Jurnalist va adabiyotshunos Saydi Umirov 82 yoshida vafot etdi, deb xabar bermoqda “Xalq so‘zi Online”.

Foto: O‘zDJTU

Saydi Umirov 1938-yili 10-fevralda Samarqand viloyati Payariq tumanida tug‘ilgan. 1960-yilda SamDU filologiya fakultetini tugatib, “Fan va turmush” jurnalida faoliyat boshlagan. Uzoq vaqt davomida O‘zMU va O‘zDJTU jurnalistika fakultetlarida dotsent, dekan muovini, dekan, kafedra mudiri lavozimlarida ishlagan.

U Yozuvchilar, Jurnalistlar ijodiy uyushmalari a’zosi, “Oltin qalam” milliy mukofoti sovrindori edi.

Saydi Umirovning matbuot, radio, televideniyeda, to‘plamlarda 600dan ortiq maqola, taqriz, ocherk va suhbatlari chop qilingan. Shuningdek, “Milliy adabiyotlar rivojida tanqidchilikning roli”, “San’atning sehrli kaliti”, “Da’vatkor so‘z”, “Sollanib oqayotgan daryo”, “Dorilfununlar taqdirimda”, “Tolibnoma”, “Ziyobaxsh umr sahifalari” (keyingi ikkisi hammualliflikda), “Ma’naviyat mulkiga sayohat”, “Sehrli va mehrli so‘z” kabi kitoblari nashr etilgan.

Avvalroq O‘zbekiston xalq shoiri Omon Matjon 77 yoshida, yozuvchi Mamadali Mahmudov 79 yoshida, O‘zbekiston san’at arbobi, taniqli pedagog olim, adabiyotshunos va tarjimon Asil Rashidov 90 yoshida, adabiyotshunos olim, filologiya fanlari doktori, professor Sanjar Sodiqov 80 yoshida, yozuvchi, dramaturg, publitsist, O‘zbekiston san’at arbobi Abduqahhor Ibrohimov 79 yoshida olamdan o‘tgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar