Eron prezident Hasan Ruhoniy yadro fizikasi bo‘yicha olim Muhsin Faxrizoda o‘ldirib ketilganidan keyin bu kabi holatlarni yana sodir bo‘lishining oldini olish yuzasidan farmoyishni imzoladi.

Foto: Tehran Times

Hasan Ruhoniy “qo‘rqoqlarcha qilingan qotillik”dan xafa ekanini bildirib, olimning mazlumlarcha halok bo‘lganini qayd etdi. U bu kabi salbiy holatlar takrorlanishining oldini olish bo‘yicha topshiriq bergan. Prezident farmoyishida dushmanlarning xatti-harakatlariga qarshi kurashish yuzasidan buyruq berilgan.

Fizik olim Muhsin Faxrizoda 27-noyabrda o‘ldirib ketilgan. Uning avtomobili Tehron yaqinidagi provinsiyada o‘qqa tutilgan. Hasan Ruhoniy mazkur jinoyat ortida Isroil hukumati turganini taxmin qilgan. Turkiya eronlik olim o‘ldirilganidan keyin mintaqada tinchlikni buzmaslikka chaqirgan.

25-noyabrda Axios o‘z manbalariga tayanib, Isroil harbiylari AQShning Eronga harbiy zarbasiga tayyorgarlik ko‘rayotganini xabar qilgandi. Oxirgi 10 yil ichida Eronda yana 4 nafar yadro fiziklari o‘ldirib ketilgan.