Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Respublika maxsus komissiyasi qaroriga binoan, 2020-yilning 1-dekabridan O‘zbekistonda elektron sportni yanada rivojlantirish maqsadida kompyuter o‘yinlari markazlari faoliyatiga ruxsat beriladi, deya xabar bergan Sog‘liqni saqlash vazirligi axborot xizmati.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Bunda kompyuter o‘yinlari markazlari faoliyatida quyidagi sanitariya-epidemiologik qoidalarga qat’iy rioya qilinishi belgilab qo‘yildi:

  • fuqarolarni alohida, bir-biridan ajratilgan holda stollar oralig‘ida ijtimoiy masofani ta’minlagan holda joylashtirish;
  • xodimlarning tibbiy niqob va tibbiy qo‘lqoplardan foydalanishi, ijtimoiy masofani saqlashi;
  • har bir fuqaroning tana haroratini o‘lchab, 37 daraja va undan yuqori bo‘lgan, infeksiya alomatlari mavjud holatda hamda tibbiy niqobda bo‘lmagan hollarda mijozlarni obyektga kiritmaslik choralarini ko‘rish;
  • har bir mijozdan keyin stol va boshqa jihozlarning yuza qismini dezinfeksion vositalar bilan tozalash kabi qator sanitariya talablariga rioya qilinishi belgilab qo‘yildi.
Eslatib o‘tamiz, Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan 2020-yil 1-oktabrdan mavjud karantin va sanitariya-gigiyena talablariga qat’iy rioya etgan holda O‘zbekistonga aviatsiya, temiryo‘l va avtoyo‘l o‘tkazish punktlari orqali kirib-chiqishga ruxsat berilgan.

O‘zbekistonda karantin talablarini qisqartirish maqsadida Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan 2020-yil 5-sentabrdan maktabgacha ta’lim tashkilotlari va umumta’lim maktablarining faoliyatiga ruxsat berilgan, Maktabgacha ta’lim vazirligi 7-sentabrdan 14-sentabrgacha Toshkent va Toshkent viloyatining tumanlarida bittadan MTTning ochilishini yo‘lga qo‘yilishi, 14-sentabrdan boshlab ushbu jarayon butun respublika bo‘ylab bosqichma-bosqich o‘tkazilishini bildirgan. MTTlarning ochilishida tarbiyalanuvchilar va xodimlar xavfsizligini ta’minlash uchun ma’lum chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda 2-dekabr kuni 156 kishida koronavirus aniqlandi
Mahalliy
Janubiy Koreya mamlakatda ishlash niyatidagi o‘zbekistonliklar uchun kvotalar sonini oshiradi
Dunyo
“Hind Chernobili” — Pxobaldagi texnogen halokat, Eron oliy rahbariga aylangan Homanaiy va Sovuq urushga yakun yasagan Yelsin—Bush. Kun xronologiyasida 3-dekabr