Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Oq uy Amerikaning ko‘plab OAVlari tomonidan AQShning saylangan prezidenti deya e’tirof etilayotgan demokrat Jozef Baydenga razvedka tomonidan davlat rahbari uchun tayyorlanadigan kunlik maxfiy hisobotlarni taqdim etishga ruxsat berdi, deb yozadi “RBK”.

Foto: AP Photo

Foto: AP Photo

Reuters amaldagi ma’muriyatdagi manbalariga tayanib ma’lum qilishicha, endi Bayden AQSh milliy xavfsizligiga nisbatan xatarlarga oid so‘nggi razvedka ma’lumotlari bilan tanishib borishi mumkin bo‘ladi.

Keyinroq Baydenning o‘zi bu ma’lumotni tasdiqladi. U hisobotlarni doimiy ravishda qabul qilib turishini aytdi. Sobiq vitse-prezident ta’kidlashicha, amaldagi ma’muriyat xodimlari “ochiqko‘ngillilik qilib, ma’lumotlardan to‘liq foydalanish imkoniyatini taklif etgan”.

Avvalroq Donald Tramp ma’muriyati Jo Baydenga hokimiyatni topshirishga tayyorligini bildirgan edi. AQSh umumiy xizmatlar boshqarmasi direktori Emili Myorfiy saylovlardan keyin uch hafta o‘tib, demokratning g‘alabasini tan oldi hamda u qonunga va mavjud faktlarga asoslangan holda bunday qarorga mustaqil ravishda kelganligini aytdi.

Shuningdek, u AQSh ma’muriyatining umumiy masalalar bo‘yicha boshqarmasi Baydenga mamlakatda hokimiyatni topshirish jarayonini boshlash uchun zarur bo‘lgan moliyaviy mablag‘lardan foydalanish imkoniyatini taqdim etgan. Myorfining so‘zlariga ko‘ra, Baydenning shtabi hozir taxminan 7,3 million dollardan foydalanishi mumkin.

Amaldagi AQSh prezidenti Donald Tramp bu ma’lumotga izoh berar ekan, Myorfiga va o‘z ma’muriyati a’zolariga hokimiyatni topshirish masalasida “zarur bo‘lgan narsalarni qilish”ni tavsiya etdi. Ammo u saylovlardagi mag‘lubiyatini tan olmasdan, bir qator shtatlarda saylovlar natijalari yuzasidan sud tortishuvlarini davom ettirish niyatini ma’lum qildi.

Eslatib o‘tamiz, AQShda prezidentlik saylovi 2020-yilning 3-noyabr kuni bo‘lib o‘tdi, ovozlar bir necha kun davomida hisoblab chiqildi, 7-noyabr kuni AQShning yirik OAVlari saylovda Bayden g‘alaba qozonganini ma’lum qildi. Donald Tramp esa mag‘lubiyatni tan olmadi va saylov bo‘yicha sudga murojaat qilishini bildirdi. U saylovlar qonunbuzarliklar bilan o‘tgan degan fikrda, shuningdek, saylovlarda mamlakat konstitutsiyasi buzilganini aytgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
“Ukrainadagi urushni Rossiya boshlamagan” — Putin (video)
Mahalliy
O‘zbekistonda davlat tashkilotlari mashinalariga gaz quyish vaqtincha taqiqlandi
Mahalliy
Toshkentda Cobalt yo‘ldan o‘tayotgan ona-bolani urib yubordi (video)