Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

AQSh umumiy xizmatlar boshqarmasi demokrat Jo Baydenning shtabiga hokimiyatni topshirish jarayonini boshlashga tayyorlik haqida xabar berdi, deb yozadi “RBK”.

Foto: AP Photo

Foto: AP Photo

“Umumiy xizmatlar boshqarmasi saylangan prezident Jo Baydenni ma’muriyat hokimiyatni rasman topshirish jarayonini boshlashga tayyorligi haqida xabardor qildi”, — deyiladi CNN xabarida.

Boshqarma direktori Emili Myorfi ma’lum qilishicha, u qonunga va mavjud faktlarga asoslangan holda bunday qarorga mustaqil ravishda kelgan. “Menga ijroiya hukumatining qandaydir mansabdor shaxsi tomonidan hech qachon bevosita yoki bilvosita bosim o‘tkazilgani yo‘q”, — deya qo‘shimcha qildi Myorfi, ammo u o‘ziga, oilasiga va boshqarma xodimlariga noma’lum shaxslar tahdid qilganini aytdi.

Shuningdek, u AQSh ma’muriyatining umumiy masalalar bo‘yicha boshqarmasi Baydenga mamlakatda hokimiyatni topshirish jarayonini boshlash uchun zarur bo‘lgan moliyaviy mablag‘lardan foydalanish imkoniyatini taqdim etgan. Myorfining so‘zlariga ko‘ra, Baydenning shtabi hozir taxminan 7,3 million dollardan foydalanishi mumkin.

CNN telekanali qo‘liga kelib tushgan hujjatda hokimiyatni topshirish jarayoni qachon boshlanishi aytilmagan, shuningdek, bu albatta boshlanishi haqida ham aniq bir gap yo‘q.

Amaldagi AQSh prezidenti Donald Tramp bu ma’lumotga izoh berar ekan, Myorfiga va o‘z ma’muriyati a’zolariga hokimiyatni topshirish masalasida “zarur bo‘lgan narsalarni qilish”ni tavsiya etdi. Ammo u saylovlardagi mag‘lubiyatini tan olmasdan, bir qator shtatlarda saylovlar natijalari yuzasidan sud tortishuvlarini davom ettirish niyatini ma’lum qildi.

Baydenning shtabi hokimiyatni topshirish bo‘yicha rasmiy jarayon boshlanganini tasdiqladi. “Bu yakuniy qaror aniqlashtiruvchi ma’muriy xatti-harakat bo‘lib, federal idoralarda hokimiyatni topshirish jarayonini rasman boshlab beradi”, — dedi demokrat shtabining ijrochi direktori Yoxannes Abraxam. Uning so‘zlariga ko‘ra, hokimiyatning Baydenga topshirilishi COVID-19 koronavirusi pandemiyasini va AQSh milliy xavfsizligini muhokama qilishdan boshlanadi. “Biz shuningdek, Tramp ma’muriyatining davlat muassasalarini quritishga urinishlari haqida to‘liq ma’lumot olmoqchimiz”, — deya qo‘shib qo‘ydi u nimani nazarda tutayotganiga aniqlik kiritmasdan.

Avvalroq AQSh Respublikachilar partiyasidan senator (Alyaska shtatidan) Lizi Murkovski mamlakat prezidenti Donald Trampni prezident saylovlari yakunlari bo‘yicha, demokratlardan nomzod Jo Baydenga hokimiyatni topshirish jarayonini boshlashga chaqirgan edi.

Shuningdek, Jo Bayden Davlat departamenti rahbarlik lavozimiga o‘zining maslahatchisi Entoni Blinkenni tayinlamoqchi ekanligi ma’lum bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, AQShda prezidentlik saylovi 2020-yilning 3-noyabr kuni bo‘lib o‘tdi, ovozlar bir necha kun davomida hisoblab chiqildi, 7-noyabr kuni AQShning yirik OAVlari saylovda Bayden g‘alaba qozonganini ma’lum qildi. Donald Tramp esa mag‘lubiyatni tan olmadi va saylov bo‘yicha sudga murojaat qilishini bildirdi. U saylovlar qonunbuzarliklar bilan o‘tgan degan fikrda, shuningdek, saylovlarda mamlakat konstitutsiyasi buzilganini aytgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
Gonsalo Iguain futbolchilik faoliyatini yakunlashini ma’lum qildi
Mahalliy
Chirchiqdagi korxonada yuz bergan portlashda hech kimga zarar yetmagan — “O‘zkimyosanoat”
Dunyo
Qozog‘iston: KXSHT Ukrainaga qarshi urushda qatnashmaydi