Urgut tuman hokimligida xalq deputatlari tuman kengashining navbatdan tashqari sessiyasi o‘tkazildi. Bu haqda Samarqand viloyati hokimligi xabar berdi.

Foto: Samarqand viloyati hokimligi

21-noyabr kuni o‘tkazilgan sessiya kun tartibida tashkiliy masala ko‘rib chiqilgan. Mamatjon Turdiyev tuman hokimi lavozimidan ozod etildi. U 2016 yildan buyon Samarqand viloyati Urgut tumani hokimi sifatida ishlab kelayotgandi.

Urgut tuman kengashining navbatdan tashqari sessiyasida deputatlar tomonidan Botir Jabborovning nomzodi tuman hokimi lavozimiga tasdiqlangan.

Avvalroq Narpay tumaniga yangi hokim tayinlangani to‘g‘risida xabar berilgandi.