AQShning amaldagi prezidentining o‘g‘li kichik Donald Tramp koronavirusga chalindi. Shundan so‘ng, u o‘zini yakkalash rejimiga o‘tgan, deb yozadi Bloomberg.

Foto: Reuters

Manbalarning so‘zlariga ko‘ra, bu hafta boshida sodir bo‘lgan. Kichik Trampning vakillarini aytishicha, unda koronavirus infeksiyasining biror belgilari kuzatilmagan.

“Hozirga qadar unda belgilar kuzatilmadi va u shifokorlarning koronavirusni davolash bo‘yicha tavsiyalariga amal qilmoqda”, — deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, Donald Trampda 1-oktabr kuni koronavirus aniqlangandi. AQSh prezidenti bir necha kun kasalxonada davolangan va u yerdan 5-oktabr kuni chiqqan. Sentabr oyining o‘rtalarida AQSh prezidenti koronavirusga qarshi vaksinaning mamlakat aholisi o‘rtasida keng tarqatish oktabr oyidan boshlanishini ma’lum qilgandi. Noyabrda esa u amerikaliklar koronavirusga qarshi AQShda yaratilgan vaksinadan keyingi yilning aprelidan boshlab foydalanishi mumkin bo‘lishini aytgan.