Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Futbol bo‘yicha Coca-Cola Superliga 23-turidan o‘rin olgan ikki o‘yin 20-noyabr, juma kuni bo‘lib o‘tdi.

Foto: “Nasaf” FK

Foto: “Nasaf” FK

“Nasaf” jamoasi “So‘g‘diyona” maydoniga safar qildi. Uchrashuv debyutida Shohruz Norxonov o‘zining aniq zarbasi bilan mezbonlarni oldinga olib chiqqan bo‘lsa, 25-daqiqada Bobur Abduxoliqov muvozanatni tikladi. Ikkinchi bo‘limda maydon egalari yana ikkita gol urgan holda g‘alabani o‘z tomoniga og‘dirdi.

Shu tariqa “Nasaf” mavsum tugashiga uch tur olganda 46 ochko bilan 2-o‘rinda qoldi va birinchi o‘rindagi “Paxtakor”ni (56) quvib o‘tish imkoniyatini yo‘qqa chiqardi. Bu esa “sherlar” muddatidan avval chempionlikni qo‘lga kiritdi degani. “So‘g‘diyona” ochkolarini 34 taga yetkazib olgan holda 6-o‘ringa ko‘tarildi.

Yana bir o‘yin “Metallurg” va “Bunyodkor” jamoalari o‘rtasida kechdi. Mirjahon Mirahmadovning dubli va Xurshid G‘iyosovning goliga mezbonlar so‘nggi daqiqalarda Shahzod Ubaydullayev hamda Zohid Abdullayevning aniq zarbalari bilan javob qaytardi.

Ushbu g‘alabadan keyin “Bunyodkor” ochkolarini 39 taga yetkazib olgan holda 4-o‘ringa ko‘tarildi. “Metallurg” (33) esa 7-pog‘onaga tushib ketdi.

Coca-Cola Superliga

23-tur bahslari

20-noyabr, juma

“So‘g‘diyona” — “Nasaf” 3:1

Gollar: 1:0 – 7 Norxonov, 1:1 – 25 Abduxoliqov, 2:1 – 60 Qahramonov, 3:1 – 90+4 Nasimov.

“So‘g‘diyona”: 1.Shirinboy Abdullayev, 2.Sardor Qulmatov, 3.Iskandar Shoyqulov, 5.Ayubxon Nomanov, 8.Jamshid Boltaboyev, 10.Shohruz Norxonov, 11.Jasur Hasanov, 12.Sanat Shixov, 19.Javohir Qahramonov, 22.Shohboz Jo‘rabekov, 93.Marko Kolakovich.

“Nasaf”: 1.Umidjon Ergashev, 4. Husniddin Aliqulov, 5.G‘olib G‘aybullayev (18. Javohir Esonqulov 84), 7. Dilshod Rahmatullayev, 10. Bobur Abduxoliqov (19. Husain Norchayev 64) , 14. Sharof Muhitdinov, 15. Jo‘rabek Mannonov (6.Murodbek Xo‘jamberdiyev 64), 20. Islom Kenjaboyev (50. Shohmalik Komilov 79), 77. Oybek Bozorov, 88. Marko Stanoyevich (22. Akmal Mozgovoy 79), 92. Umar Eshmurodov.

Ogohlantirish: Muhiddinov (79), Kolakovich (90).

“Metallurg” — “Bunyodkor” 2:3

Gollar: 0:1 – 5 G‘iyosov, 0:2 – 22 Mirahmadov, 0:3 – 65 Mirahmadov, 1:3 – 86 Ubaydullayev, 2:3 – 90+2 Abdullayev.

“Metallurg”: 12.Aleksandr Lobanov, 5. Abbosjon Otaxonov, 7.Doniyor Narzullayev (36.To‘lqin Ergashev, 46), 10.Shahzod Ubaydullayev, 11.Murodbek Bobojonov (21.Kamoliddin Tojiyev, 46), 27.Ixtiyor Toshpo‘latov, 28.Stanislav Andreyev, 30.Andrey Shipilov (4.Odilbek Abdumajidov, 90+1), 43.Davron Anvarov (15.Zohid Abdullayev, 75), 77.Muhammad Isayev (20.Xudoyshukur Sattorov, 54), 88.Yevgeniy Chumak.

“Bunyodkor”: 1.Abdumavlon Abdujalilov, 3.Islom Qobilov, 5.IbrohimHalil Yo‘ldoshev (37.Muhammadodil Qahramonov, 78), 10.Xurshid G‘iyosov (6.Anvar G‘ofurov, 71), 13.Lutfulla To‘rayev (4. Davronjon Ergashev, 71), 14.Mirjahon Mirahmadov, 17.Sanjar Qodirqulov, 19.Nurillo To‘xtasinov (49.Farrux Ikromov, 78), 29. Ulug‘bek Abdullayev, 30.Abdulla Abdullayev, 90.Shahboz Erkinov (34.Suhrob Izzatov, 57).

Ogohlantirishlar: Isayev (9), Bobojonov (33), To‘xtasinov (33).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Qurilish vazirligi ogohlantiradi: yangi uy xarid qilayotganda e’tibor berilishi lozim bo‘lgan jihatlar
Mahalliy
“Ba’zida o‘zim ham noto‘g‘ri parkovka qilaman” — Rasul Kusherbayev
Mahalliy
Toshkent shahri bosh rejasining bir qismi 2022-yil oxirigacha yakunlanadi