“Arsenal” himoyachisi David Luis londonliklar mashg‘ulotlari paytida jamoadoshi Daniel Sebalyosga qo‘l ko‘tardi, deya xabar qilmoqda The Athletic.
Terma jamoa yig‘iniga chaqirilmagan futbolchilar ishtirokidagi mashg‘ulot janjal bilan yakunlandi. Mashg‘ulot jarayonidagi to‘qnashuvdan keyin Luis qizishib ketgan va Sebalyosning burniga zarba bergan. Natijada yarim himoyachi maydonga qulagan, uning burnidan qon oqa boshlagan.
Sebalyos o‘rnidan turib javob qaytarishga uringan, biroq sheriklari ularni ajratib qolgan. Ikki futbolchi ham uyiga jo‘natib yuborilgan.
Biroz vaqt o‘tib ispaniyalik futbolchi bu xabarga munosabat bildirar ekan, uni yolg‘on deb atadi.
Luis joriy mavsum 8 o‘yinda ishtirok etib, bitta gol urdi. Sebalyos esa 11 ta uchrashuvda qatnashdi.
“Arsenal” Premyer Liga doirasidagi keyingi o‘yinini 22-noyabrda “Lids”ga qarshi o‘tkazadi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)