Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

O‘zbekiston Bosh prokurorining buyrug‘iga asosan Alijon Abdullayev Bosh prokuratura Kadrlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Bu haqda idora matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Bosh prokuratura

Foto: Bosh prokuratura

Alijon Abdullayev tayinlovga qadar Davlat xavfsizlik xizmatining mas’ul lavozimlarida ishlagan.

Ma’lumot uchun, Alijon Abdullayev 1953-yilda Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan, ma’lumoti oliy, huquqshunos. 1977-yilda Sobiq Ittifoq Davlat xavfsizligi qo‘mitasi Oliy kurslarini tamomlagan.

Avvalroq Namangan viloyati prokurori Akmalxo‘ja Mavlonov bosh prokuror o‘rinbosari etib tayinlangani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Surxondaryoda 3-sinf o‘quvchisi maktab hovlisida vafot etdi
Dunyo
Merkel Putinning yadroviy tahdidlarini jiddiy qabul qilishga chaqirdi
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev transport va logistika sohasidagi kamchiliklarni sanab, qator topshiriqlar berdi