19-noyabr kuni dunyoning turli burchaklaridan olingan eng qiziqarli suratlar jamlanmasini taqdim etamiz.

Monakoning Monte-Karlo hududida shahzoda Jak malika Gabriella bilan Milliy kunni nishonlamoqda.

Foto: AFP

Isroildagi qo‘riqxonada turnalar ko‘chish mavsumida bir joyga to‘planmoqda.

Foto: Reuters

Bangladeshning Dakka shahridagi rikshi haydovchilari tiqilinchda qolgan payt.

Foto: Reuters

Burkina-Fasoning Kayya shahridagi Kum-Lakr maktabida dars jarayoni. 1000 ga yaqin o‘quvchi maktabning 2 gektar yeridan qo‘nim topishdi.

Foto: Getty Images

Yaponiyaning Hakone hududida ayollar vinoning ilk marta rasman chiqarilgan kunini nishonlash bahonasida cho‘milib vino ichmoqda.

Foto: EPA

Kashmirdagi Shrinagar hududida qishloq aholisi vakili uy qushiga guruch bermoqda.

Foto: AP Photo

Tailandning Bangkok shahridagi qirollik politsiyasining qarorgohidagi muqaddas haykallar hukumatga qarshi namoyishlardan so‘ng bo‘yoqlar bilan qoplangan.

Foto: EPA

Buyuk Xitoy devori qor bilan qoplanmoqda.

Foto: Getty Images

Parij shahridagi Luvr muzeyi binosida aks etgan proyeksiya virtual tarzda o‘tkazilayotgan G20 sammiti oldidan Saudiya Arabistonining merosxo‘r shahzodasi Muhammad bin Salmonni va Fransiya prezidenti Emmanuel Makronni ko‘rsatmoqda.

Foto: Getty Images

Gondurasning El-Progreso hududi “Yota” bo‘ronidan so‘ng.

Foto: Getty Images

Tailand poytaxti Bangkok shahrida 1 oydan beri hukumat iste’fosi va monarxiyaning roli bo‘yicha namoyish hamda ochiq debatlar o‘tkazilmoqda.

Foto: Reuters

Gonduras va Nikaraguaga “Yota” bo‘roni yopirilib keldi.

Foto: Reuters

AQShning Siettl shahridagi aviazavod avtoturargohi pandemiya sababli buyurtmachilarga yetkazib bera olinmagan yangi Boeing 737 MAX samolyotlari bilan to‘ldi.

Foto: Reuters

Fransiya politsiyasi Parij tashqarisidagi Sen-Deni hududidan joy olgan muhojirlar lagerini tarqatishga kirishdi.

Foto: Reuters

Turkiyaning Istanbul shahri qalin tuman bilan qoplandi.

Foto: Reuters

Argentinada abortlarni qonuniylashtirish bo‘yicha qonun loyihasiga qarshi va uni qo‘llab-quvvatlovchilarning aksiyasi o‘tkazildi.

Foto: Reuters

Avstriya poytaxti Vena shahri Rojdestvo bayramiga hozirlanmoqda.

Foto: Reuters

Germaniyaning Berlin shahrida karantin cheklovlariga qarshi namoyishlar o‘tmoqda.

Foto: Reuters

Nikaraguaga kirib kelgan “Yota” bo‘roni tufayli 18 kishi halok bo‘ldi. Talafot mamlakat infratuzilmasiga jiddiy zarar berdi.

Foto: Reuters

Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev Tog‘li Qorabog‘dagi jangovar xatti-harakatlar hududida joylashgan, armiya nazoratiga olingan Fuzuliy va Jabroil shaharlariga tashrif buyurdi.

Foto: Reuters

Fransiyaning Parij shahridagi vitrinalar Rojdestvo bayramiga bezatildi.

Foto: Reuters