Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Yengil vazn toifasida UFC chempioni Habib Nurmagomedov faoliyatini qayta tiklash niyati yo‘qligini ma’lum qildi.

Foto: “Sport-Ekspress”

Foto: “Sport-Ekspress”
Keyingi yili oliygohni bitiraman, diplom himoyasi, magistratura va boshqalar, ko‘proq vaqtni ta’lim olishga sarflamoqchiman. Yaqin besh yilni. Qo‘ylar sotib oldim, chorvachilik bilan shug‘ullanmoqchiman, bu borada biroz o‘sishga erishishni xohlayman. Menda boqilayotgan buqalar bor, sigirlar. Qishloq xo‘jaligi bilan shug‘ullanaman — buni jahon darajasida deb bo‘lmaydi, biroq bir vaqtlar sportda ham mashg‘ulot bilan boshlaganman.

Men foydam tegadigan ishlarda qatnashishni xohlayman, bu aynan siyosat bo‘lishi shart emas. Ayni damda siyosatchi bo‘lmasam ham odamlarga foyda keltiryapman va bu men uchun yetarli.

40 yoshgacha jang qilish mumkin, biroq maqsad bo‘lishi kerak. Menda eng yuqori cho‘qqiga qadar yetib borish maqsadi bor edi, unga erishdim. Buyog‘iga menda musobaqalashishga bo‘lgan qiziqish yo‘q.

Habib Nurmagomedov, UFC jangchisi

Eslatib o‘tamiz, 24-oktabr kuni Abu-Dabidagi (BAA) “Jangchilar oroli”da bo‘lib o‘tgan musobaqa asosiy jangida Habib Nurmagomedov va Jastin Getji o‘zaro to‘qnash keldi. Unda rossiyalik sportchi ikkinchi raundda raqibiga bo‘g‘ish usulini qo‘llab g‘alaba qozondi. Jangdan keyin Habib faoliyatini yakunlashini ma’lum qildi.

Bu g‘alaba orqali Habib uchinchi marta kamarini himoya qildi. Undan avval u Konor Makgregor va Dastin Poryeni taslim etgandi. Jangdan so‘ng rossiyalik yakkakurashchi faoliyatida ilk bor promoushen umumiy reytingida birinchi o‘ringa ko‘tarildi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Irlandiyadagi qamoqxonada “buyuk qochish”, sakkiz soatli ish rejimini qo‘llagan Genri Ford va qon quyish bo‘yicha birinchi muvaffaqiyatli amaliyot. Kun xronologiya...
Mahalliy
“Daryo” reportaji: Namangandan topilgan zardushtiylar ibodatxonasining dunyoda tengi yo‘qligi aytilmoqda. Bu yerdagi 70 ta otashkadada tun-kun olov yonib turgan (v...
Madaniyat
O‘zbekistonda o‘tkazilgan Mokkoji Korea festivali va K-pop konserti — suratlarda