• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12694.97
    • RUB161.6
    • EUR14878.5
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +38°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonda kelgusi oylarda narxlarda qanday o‘zgarishlar kutilayotgani ma’lum qilindi

    O‘zbekiston Markaziy banki 2020-yilning 10 oyi uchun oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlar va xizmatlar narxi o‘zgarishining umumiy sharhini hamda kelgusi bir necha oy uchun prognozni taqdim etdi. Bu haqda Spot xabar berdi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Ma’lum qilinishicha, yil boshidan buyon inflyatsiya darajasi 7,8 foizni tashkil etdi. Oziq-ovqat mahsulotlari 10 foizga, nooziq-ovqat mahsulotlari 6,9 foizga, xizmatlar 5,2 foizga qimmatlagan.

    “Yilning 10 oyi davomida oziq-ovqat mahsulotlarining yuqori o‘sishi karantin sharoitida birlamchi iste’mol tovarlariga bo‘lgan talabning yuqori bo‘lishi, shuningdek, sentabr—oktabr oylarida ayrim tovarlarning narxlariga ta’minot omillarining ta’siri bilan bog‘liq”, — deyiladi sharhda.

    Go‘sht

    Go‘sht narxi 15 foizga o‘sdi (mol go‘shti 18,2 foizga, qo‘y go‘shti 22,1 foizga). Asosiy sabab — karantinning yumshatilishi, ozuqa narxlarining ko‘tarilishi sababli talabning ko‘payishi. Markaziy bank narxlarni ushlab turish uchun yirik fermer xo‘jaliklarini tashkil etish, yem-xashak narxlarini pasaytirish va import uchun raqobat sharoitlarini yaxshilash zarur, deb hisoblaydi.

    Shakar

    Yil boshidan beri shakar narxi o‘rtacha 15,7 foizga o‘sdi. Asosiy sabab — ichki bozordagi ta’minot muammolari. Agar import uchun sharoitlar yaxshilansa, bu narxlarning barqarorligini ta’minlashi mumkin, deb hisoblaydi Markaziy bank.

    Bug‘doy un

    Yil boshidan beri un narxi o‘rtacha 12,9 foizga o‘sdi. Asosiy sabab — karantin paytida asosiy oziq-ovqat mahsulotlariga talab oshdi. Markaziy bankning ta’kidlashicha, 2020-yilda ham O‘zbekistonda, ham asosiy savdo sheriklarida (Rossiya va Qozog‘iston) yaxshi bug‘doy hosili tufayli narxlar o‘sishi ehtimoldan yiroq.

    Guruch

    Dastlabki 10 oy ichida guruchning narxi o‘rtacha 13,2 foizga qimmatlashdi. Guruch yetishtiruvchilar va dehqonlar suv tanqisligi sababli bu mavsumda guruch hosildorligi kutilganidan ancha past bo‘lganini ta’kidlagan. Bu kelajakda guruch narxining ko‘tarilishiga ta’sir qilishi mumkin, deb qayd etdi Markaziy bank.

    Yog‘ va yog‘ mahsulotlari

    Ularning narxi o‘rtacha 20,2 foizga o‘sdi. O‘simlik yog‘i 23,9 foizga, paxta yog‘i esa 24,2 foizga qimmatlashdi. Narxlarning ko‘tarilishi, asosan, sentabr—oktabr oylarida ob-havo sharoiti tufayli kungaboqar hosilining va yog‘ ishlab chiqarishning kamayishi hisobiga tushdi. Import uchun raqobat sharoitlarining yaxshilanishi va yetkazib beruvchilarning diversifikatsiyasi kelajakda narxlarni pasayishiga olib kelishi mumkin.

    Meva va sabzavotlar

    Yil boshidan buyon meva va sabzavotlar narxi inflyatsiyaning umumiy ko‘rsatkichiga aylandi —y ular 3,3 foizga arzonlashdi. Bu yerda narxlar mavsumiy bo‘lib, o‘tgan yillardagi tendensiyalarga asoslanib, kelgusi oylarda narxlarning qisqa vaqt ichida ko‘tarilishini kutish mumkin.

    Kartoshka va sabzi

    Ular iste’mol tovarlari orasida eng yuqori o‘sishni ko‘rsatdi — mos ravishda 35,5 foiz va 39,2 foiz. Asosiy sabab — talabning oshishi.

    Tuxum

    Narxlar 34,3 foizga oshdi. Bunga parranda ozuqasi narxlarining sezilarli o‘sishi va tuxumga bo‘lgan talabning mavsumiy o‘sishi sabab bo‘ldi. Tuxum narxini barqarorlashtirish uchun parranda ozuqasini tannarxini pasaytirish kerak, deb ta’kidladi Markaziy bank.

    Nooziq-ovqat mahsulotlar

    O‘sish 6,9 foiz. Buning asosiy sababi dorilar, qurilish materiallari, sement, avtomobil yoqilg‘isi, tozalovchi mahsulotlar, kiyim-kechak va maishiy texnika narxlarining ko‘tarilishi bo‘ldi.

    Dori vositalari va antiseptiklar

    Dori vositalari o‘rtacha 11,5 foizga, antiseptiklar 18,1 foizga o‘sdi. Kuz—qish davrida farmatsevtika mahsulotlariga talabning yuqori darajasini hisobga olinsa, kelajakda ushbu mahsulotlar narxi yanada oshishi mumkin.

    Avtomobil yoqilg‘isi

    Ular o‘rtacha 3,3 foizga o‘sdi, lekin birgina propan 34 foizga ko‘tarildi. Aholini suyultirilgan gaz bilan ta’minlashning boshlanishi narxlarga bosim o‘tkazmoqda. Talabning oshishi sababli narxlarni yanada oshirish imkoniyati mavjud.

    Qurilish mollari

    Narxlar o‘rtacha 11 foizga o‘sdi, ammo birgina sement 26,9 foizga ko‘tarildi. Qurilish ishlari odatda qishda pasayib ketishi sababli narxlar tushishi mumkin.

    Xizmatlar

    Xizmatlar narxi 5,2 foizga o‘sdi. Ular transport, laboratoriya va tibbiy xizmatlar narxlarining ko‘tarilishi tufayli hali ham o‘sishi mumkin.

    Tibbiyot

    Poliklinikalardagi xizmatlar 8,5 foizga, laboratoriyalar 11,4 foizga o‘sdi. Asosiy sabab — talabning oshishi. Ular hali ham o‘sishi mumkin, chunki pandemiya haqidagi noaniqlik yo‘qolmagan va qish bu xizmatlarga talab oshadigan vaqt hisoblanadi.

    Mavzuga doir:

    • O‘zbekistonda oktabr oyida inflyatsiya darajasi 1,4 foizni tashkil etdi
    • O‘zbekistonda go‘sht narxining qimmatlashishiga sabab bo‘layotgan omillar sanab o‘tildi

    18.11.2020, 06:12   Izoh (0)   32457
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Abdulaziz Komilov diniy erkinliklarni ilgari surish bo‘yicha vazirlar konferensiyasida ishtirok etdi

    18.11.2020, 06:00

    O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi ta’lim muassasalarida ham an’anaviy ta’lim boshlandi

    18.11.2020, 05:45

    O‘zbekistonda doimiy yashash joyida ro‘yxatdan o‘tganlar soni to‘g‘risida ma’lumotnomani onlayn olish imkoni yaratildi

    18.11.2020, 04:33

    “Milliy” stadioni hududidagi binolarni ofis sifatida ijaraga berish boshlandi

    18.11.2020, 03:46

    Foto: Dehqonoboddagi o‘rta asrlarni eslatuvchi maktab filiali 40 kunda qayta ta’mirlandi

    18.11.2020, 02:59

    Zoir Mirzayev: “Qashqadaryoda 2021-yil yakunigacha paxsadan qurilgan maktablar qolmaydi”

    18.11.2020, 02:35
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi


    Market Yandex Go Samarqandda ishga tushdi


    Savdo, fintex va “yashil” loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya


    Toshkent va Bangkok o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov: Centrum Air yangi xalqaro yo‘nalishni ishga tushiradi 


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Ilon Maskda Asperger sindromi, Bill Geytsda esa autizm bor: nega aqlli odamlar ruhiy kasalliklarga moyil bo‘ladi?

    Layfstayl | 1 iyul, 15:15

    O‘zbekistonda qurilish oynalari chiqindilarini qayta ishlash uchun utilizatsiya yig‘imi joriy etilishi mumkin

    O‘zbekiston | 1 iyul, 15:05

    Samsung uchga buklanadigan smartfon va “o‘ta ingichka” Galaxy Z Fold 7 ni taqdim etadi (video)

    Texnologiyalar | 1 iyul, 14:55

    The New York Times XXI asrning eng yaxshi 100 ta filmini e’lon qildi. Birinchi o‘rinni koreys filmi egalladi

    Kino | 1 iyul, 14:40

    “Barselona” Messi va boshqa futbolchilarga to‘lanmay qolgan qarzlarini yopdi

    Sport | 1 iyul, 14:36

    Turkiyada payg‘ambarlarni karikatura qilgan 4 nafar shaxs qo‘lga olindi (video)

    Dunyo | 1 iyul, 14:25

    Rossiyada biometrik ma’lumot topshirmagan xorijliklar mobil aloqadan uziladi

    Dunyo | 1 iyul, 13:58
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.