Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Whistle Out tadqiqot kompaniyasi zamonaviy insonlar har kuni smartfonga qancha vaqt sarflashini aniqladi, deb xabar beradi Hi-Tech.Mail.ru.

Foto: Hi-Tech.Mail.ru

Foto: Hi-Tech.Mail.ru

Tadqiqot davomida uchta guruhdagi ming kishi o‘rtasida so‘rov o‘tkazilgan — “bumerlar” (1946—1964-yillarda tug‘ilganlar), “X avlod” (1965—1980-yillar) va “milleniallar” (1981—1996-yillar). Ulardan kuniga o‘rtacha qancha vaqt smartfonga sarflashlari so‘ralgan.

Ma’lum bo‘lishicha, uchala guruhdagilar orasida smartfonlardan foydalanish bo‘yicha u qadar katta bo‘lmagan farq mavjud. “Bumerlar” o‘rtacha 2,5 soat, “X avlod” — 3 soat, “milleniallar” — 3,7 soat sarflaydi. Buning natijasida odam qanchalik yosh bo‘lsa, shuncha ko‘p vaqtini texnikaga sarflaydi, degan xulosaga kelingan.

Agarda insonning o‘rtacha umri va ushbu ko‘rsatkich o‘zgarmasligi hisobga olinsa, “milleniallar” umrining 9 yilini smartfonlarga sarflaydi. Taqqoslash uchun, inson o‘z umrining uzoqligidan kelib chiqib uyqu uchun o‘rtacha 15—30 yil sarflaydi.

Zamonaviy smartfonlar uning egasi har kuni ekranga qancha vaqt qarashini ko‘rsatib beradi — iOS va Android sozlamalarida buning uchun maxsus punkt mavjud.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Bekobod tumanida chiqindixona 15–20 kundan beri yonib, aholi tutundan aziyat chekayotgani aytildi (video)
Mahalliy
Saida Mirziyoyeva AQSH davlat kotibi yordamchisi v.b. Elizabet Tryudo bilan uchrashdi (foto)
Dunyo
Rossiyada safarbarlikdan bosh tortish bo‘yicha birinchi jinoyat ishi qo‘zg‘atildi