“Bo‘ydoqlar kuni” munosabati bilan o‘tkazilgan chegirmalar dunyodagi eng yirik onlayn-savdolardan biri bo‘lib qolmoqda. 11 kunlik marafon Amazon Prime Day, shuningdek, “Qora juma” va “Kiberdushanba”ni ham ortda qoldirgan, deb yozadi IXBT.
Xiaomi tomonidan e’lon qilingan ma’lumotlarga ko‘ra, 11 kunda kompaniya 2,1 milliard dollarga yaqin pul ishlab topgan. Shu bilan birga, o‘tgan yilning mos davrida kompaniya 920 million dollar topgandi. 2020-yildagi daromad 134 foizga oshgan. Ajoyib chegirmalar va pandemiya sabab ko‘pchilik internet orqali xarid qilishga o‘tgan.
1—11-noyabr kunlari Xiaomi qator yangi rekordlarni o‘rnatgan. Xiaomi mobil telefonlari, Smart TV boshqa yo‘nalishlarda JD, Tmall va Suning kabi bir nechta platformalarda yetakchiga aylangan.
Joriy yilda Xiaomi kompaniyasi jami 150 million dollarlik chegirmalarni ajratgan. Shuningdek, ta’kidlanishicha, u ketma-ket yetti yildan buyon Tmall savdolarida yetakchilikni qo‘ldan bermay kelmoqda.
Reuters hisobotiga ko‘ra, Alibaba kompaniyasi 11-noyabrning o‘zida 74 milliard dollarlik tovar sotgan.
Izoh (0)