• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12676.11
    • RUB161.56
    • EUR14975.56
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Kitob

    Ilk marotaba Stalin qatag‘onlarini fosh etgan asar. Soljenitsinning “Ivan Denisovich hayotidagi bir kun” asari haqida

    17-noyabr – “Ivan Denisovich hayotidagi bir kun” asari chop etilgan kun. Ushbu asar buyuk rus yozuvchisi, Nobel mukofoti sovrindori Aleksandr Soljenitsinning ilk shedevridir. Shuningdek, u ilk marotaba Stalin qatag‘onlarini fosh etgani bilan mashhur.

    “Daryo” kolumnisti Rahimjon Qudratov sana munosabati bilan asar taqdiri va uning yozilish tarixi haqida hikoya qiladi.

    Soljenitsin o‘z xatlarida Stalin shaxsiga oid haqoratli fikrlar yozgani uchun 1945-yil qamoqqa tashlandi va uning Gulag tizimidagi bu ilk tajribasi 1953-yilgacha cho‘zildi. U do‘stlariga yozgan maktublarida Stalin ismini “xo‘jayin”, “boshliq” kabi so‘zlar bilan almashtirgan, qay ma’noda, yumshatib yozgan edi. Qamoqdan so‘ng surgunga yuborilgan Soljenitsin 1957-yilda surgun muddatini tamomlagach, “Ivan Denisovich hayotidagi bir kun” asarini yoza boshladi.

    Foto: Wikipedia

    Foto: Wikipedia

    Asarni yozib tugatgach, uni darhol nashr etishni ko‘zlagan adib bir necha jurnallardan rad javobini oldi. “Noviy mir” jurnali muharriri Aleksandr Tvardovskiy qo‘lyozmani o‘qib chiqqach, lagerdagi hayotning batafsil tasviridan hayratga tushdi va asarni chop etish uchun kommunistik partiya Markaziy qo‘mitasidan ruxsat so‘raydi. Nihoyat, qo‘mita ruxsati bilan kitob chop etildi. Asar 1950-yillarda sovet ishchi lagerida ishlaydigan oddiy bir mahbus, Ivan Denisovich Shuxovning bir kunlik hayot tarzini tasvirlaydi.

    Kitobda tasvirlangan ishchi lageri shimoliy Qozog‘istondagi Qarag‘andada joylashgan bo‘lib, Soljenitsinning o‘zi o‘sha yerda biroz muddat xizmat qilgan edi. Stalin qatag‘onlari shu paytgacha biror marta ochiq muhokama qilinmagani sababli kitobning chop etilishi Sovet adabiyoti uchun kutilmagan hodisa bo‘ldi. Asar keng muhokama qilinib, ko‘plab tanqidlarga uchradi. Ba’zi bir tanqidchilarning fikriga ko‘ra, shu kabi keskin ruhda bo‘lgan asarlarning chop etilishi Sovet Ittifoqining parchalanishiga olib kelgan voqealar zanjirini boshlab bergan edi. Yozuvchi va jurnalist Vitaliy Korotich asar haqida quyidagi fikrni bildirgan edi:

    “Sovet Ittifoqi ma’lumot tufayli parchalandi va bu ma’lumotlar oqimini Soljenitsinning “Ivan Denisovichning hayotidagi bir kun” asari boshlab berdi”.

    Yengilgan inson

    Asar asosan yakka hokimiyat zulmi va lagerdagi tirik qolish mavzusini ko‘tarib chiqadi. Shuningdek, qamoqxona mas’ullarining qattiqqo‘lligi va buning natijasida kelib chiqqan ishchilar o‘rtasidagi adovat mavzusi ham asarda batafsil tasvirlab beriladi. Kitobxon asarni o‘qir ekan, Ivan Denisovichning mayda tafsilotlargacha izohlangan hayoti orqali kundalik ish tarzi keltirib chiqargan uqubatlar va oqibatda vaqtning o‘tishi ham sezilmasligi to‘g‘risida yaxlit tasavvur hosil qilib, qamoqxona dahshatlarini o‘z tanasida seza boshlaydi.

    Faqatgina mehnat bilan mashg‘ul bo‘lgan ishchilarning na boshqa bir ish qilishga, na boshqa mavzularda fikr yuritishga yetarli vaqti va kuchi qolmaydi. Ular uchun qamoqxonadagi eng muhim narsa – tirik qolish. Tirik qolishning eng asosiy omili esa bo‘ysunishdir. O‘z-o‘zini himoya qilishning o‘zi ham jazoga sabab bo‘ladi. Hatto o‘z-o‘zini himoya qilish va ayblovlarni tan olmaslik o‘lim kabi dahshatli oqibatlarga olib kelishi mumkinki, qamoqqa tushganlarning deyarli barchasi ayblovga qarshi chiqishdan qo‘rqib, yolg‘on ma’lumotlarni bo‘yniga olgani uchun qamalgan. Ivanning qilmagan aybini tan olish jarayoni shunday tasvirlanadi: “Shuxov hammasini tushundi. Agar u qo‘l qo‘ymasa, uni otishadi. Agar qo‘l qo‘ysa, yashab ketish ehtimoli bor. Shu sababli, qo‘l qo‘ydi”.

    Foto: Wikipedia

    Foto: Wikipedia

    Asar markazida ana shunday taslim etilgan insonlar obrazi turadi. Bunday inson tamoman loqaydga aylanadi. Lagerdagi mahbuslar hatto uyiga maktub yozmaydi ham. Buning sababi esa quyidagi iqtibosdan ma’lum: “Yozish chuqur dengizga tosh tashlashga o‘xshaydi. Tosh tushaveradi, tushaveradi… Ammo javob yo‘q”.

    Yakka shaxs azob-uqubatlari va ommaviy iztirob

    Muallif qanday sababga ko‘ra qamoqdagi minglab mahbuslarning hayotini emas, balki yakka shaxsning kundalik hayotini tasvirladi? Ivan boshqalarga qaraganda ko‘proq azob chekkanmidi? Albatta, unday emas. Adabiy nuqtayi nazardan olib qaraganda, Soljenitsin alohida qahramonning bir kunlik hayot tarzini tanlab juda aqlli qaror qilgan edi. Bir necha kishining yoki ma’lum guruhning hayoti o‘quvchiga birgina insonning hayotichalik yaqindan ta’sir qilolmaydi. Agar adib ko‘pchilikning iztiroblari haqida yozganida qiyinchiliklarning o‘zi ham umumiy kasb etgan, o‘quvchida adib ko‘zlagan ta’sir hosil bo‘lmasligi mumkin edi.

    Inson tabiati shunday, yakka shaxs boshidan o‘tkazgan mashaqqatlar doim uning yuragiga yaqin bo‘lgan. Chunki bunday vaziyatda u o‘zini qahramon o‘rniga qo‘yib ko‘rishi, qiyinchiliklarni o‘z tanasida tuyib ko‘rishi mumkin. Ivanning hayoti o‘quvchining ongiga ko‘chib o‘tgan nuqta asarning muvaffaqiyatini belgilab beruvchi chegaradir. Asarda aytilgan “qorni to‘q odam ochlikdan sillasi qurigan odamni qanday tushunishi mumkin?” degan fikrda qanchalik haqiqat mavjud bo‘lmasin, asarning keng ommaga o‘tkazgan ta’siri adabiyotning har qanday insonga, har qanday sharoitda o‘z fikr-g‘oyalarini yetkazib bera olishini isbotladi.

    Oqimga qarshi suzgan asar

    O‘z davrida yetarli qadr topmagan asar kelajakda katta shuhrat qozonishi adabiyot uchun tabiiy hol. Ammo Soljenitsin asarlari “oqimga qarshi suzib”, o‘z mamlakati tarixini qora bo‘yoqlar bilan tasvirlaganiga qaramasdan, aynan shu jasorati uchun ham shuhrat topa oldi. Soljenitsin bu asaridan so‘ng ketma-ket to‘rtta asar yozdi va ular ham birinchi asari kabi ko‘plab bahs-munozaralarga sabab bo‘ldi.

    Adabiyot yo‘nalishida Nobelni qo‘lga kiritgan adibning Nobeldagi nutqida ham uning ilk asari alohida tilga olindi. Adabiyotdagi uzun yo‘lini xalq ko‘zi oldida tortilgan pardani chetlab, davrga ma’qul kelmaydigan haqiqatlarni yoritish kabi mashaqqatlar orasida bosib o‘tgan adib adabiyotning asosiy vazifalaridan birini xalq ko‘ziga oyna tutgan kabi ko‘rsata oldi. Tarix hech qachon faqatgina yaxshi hodisalardan tashkil topmagan. Hech qaysi g‘oya esa faqat xalq manfaati yo‘lida ishlamagan.

    Foto: Wikipedia

    Foto: Wikipedia

    Hatto xalq uchun xizmat qilishni o‘ziga maslak qilib olgan sotsializm g‘oyasi ham xalq boshiga ko‘plab kulfatlar keltirdi. Ammo buni hech kim yodga olishni istamas, bu barcha uchun birdek og‘riqli mavzu edi. Soljenitsin bo‘lsa, kamchilik va xatolarni unutish emas, balki ularni qaytadan eslash zarurligini, faqat shu yo‘l orqaligina kelgusida noto‘g‘ri qadam bosmaslik mumkinligini tushunar, buni qolganlarga ham tushuntirishni istardi. Unutilgan tarix kelajakda ham qaytalanaveradi, bu inkor etib bo‘lmas haqiqat.

    Toki tarix dahshatlari, hukmdorlar ko‘rsatgan zulmlar barchaning yodida mahkam saqlanmas ekan, hech kim ularning oldini olishga urinmaydi ham. Stalinga qarshi aytilgan oddiy bir gap tufayli ham qamoqqa tushganlar, vatan yo‘lida xizmat qilib, dushmanga asir tushgani uchun vatan xoini sifatida ayblanganlar hayoti adib uchun eng og‘riqli mavzu edi. Barcha dohiy sifatida qabul qilgan hukmdorning zulmi esa uning ko‘z oldidan ketmas, oddiy xalq manfaati yo‘lida harakat boshlagan g‘oya shu xalqning ezilishiga sabab bo‘lgani uni tashvishga solar edi.

    U o‘z tashvishlarini, o‘z boshidan kechirgan azob-uqubatlarini barchaga eslatmoqchi bo‘ldi va buni adabiyot vositasida uddaladi ham. Aynan uning asarlaridan so‘ng sovet tarixiga bir tomonlama yondashish to‘xtatilib, xolis yondashuvga ilk qadamlar qo‘yildi. O‘tmishni unutmagan yozuvchi esa ayni shu o‘tmishda erksevarlik va haqiqatparastlik g‘oyalarini kuylagani bilan muhrlanib qolishi shubhasiz.

    Iqtiboslar

    • Qamoqda ekaningga shukr qilishing kerak. Bu yerda qalbing haqida o‘ylab olishga vaqting bor;
    • Adabiyot “ruxsat etilgan” va “ruxsat etilmagan” kabi cheklovlar doirasida rivojlana olmaydi. Adabiyot o‘z davriga moslashsa, kelajakdagi ijtimoiy va siyosiy xavflardan ogohlantirmasa, u adabiyot nomiga loyiq emas, u shunchaki soya. Bunday adabiyot o‘z o‘quvchilari e’tiboridan qoladi va o‘qiladigan kitobga emas, balki chiqindi sifatida ishlatiladigan qog‘ozga aylanadi;
    • Bir kosa sho‘rva ozodlikdan ham, hayotning o‘zidan ham, o‘tmish, hozir va kelajakdan ham qadrliroq edi…
    • Ozodlik u uchun faqatgina uyni anglatardi. Ammo uni uyiga qo‘yib yuborishmasdi.
    Muallif fikri tahririyat nuqtayi nazaridan farq qilishi mumkin.

    17.11.2020, 23:24   Izoh (0)   77894
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    AQShda “Forrest Gamp” asari muallifi Uinston Grum vafot etdi

    18.09.2020, 20:24

    Ingliz tilining Merriam-Webster lug‘atida irqchilikning ta’rifi o‘zgartiriladi

    11.06.2020, 22:57

    Angliyadagi chiqindixonalardan birida topib olingan “Garri Potter” kitobi auksionda 40 ming dollarga sotildi

    22.05.2020, 20:24

    Shahzoda Garri va Megan Markl qirollik qasri sirlari haqida kitob yozmoqda

    29.04.2020, 09:53

    “Bolaligimizning yana bir bo‘lagi bizni tark etdi”. Anvar Obidjon haqida

    11.04.2020, 20:28

    O‘zbekiston xalq shoiri Anvar Obidjon vafot etdi

    11.04.2020, 19:37
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda endi 7-9-sinf o‘quvchilari universitetda ham o‘qitiladi

    O‘zbekiston | 1 iyul, 23:15

    “Daryo” dayjesti: 1-iyulning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 1 iyul, 23:00

    Uorren Baffet 6 mlrd dollarlik Berkshire aksiyalarini xayriya qildi

    Dunyo | 1 iyul, 22:40

    Toshkent arxitektura-qurilish universitetida dual ta’lim joriy etiladi

    O‘zbekiston | 1 iyul, 22:25

    3 yil davomida uydan chiqmagan erkak axlat va chiqindilar uyumi orasidan topildi

    Dunyo | 1 iyul, 22:14

    “Kunning kamida 2-3 soatini salqin xonada o‘tkazing”. JSST anomal issiqda aholiga zarur bo‘lgan tavsiyalar berdi

    O‘zbekiston | 1 iyul, 21:55

    AQSH sog‘liqni saqlash vaziri amerikaliklarni dunyodagi eng kasal millat deb atadi

    Dunyo | 1 iyul, 21:45

    “Yoshlar Ittifoqi” qurib bitkazgan “Asr qurilishi” — BAM tarixi

    Dunyo | 1 iyul, 21:35

    WP: Mask raqobatchilarning maxfiy ma’lumotlariga kirish imkoniyatiga ega bo‘lgan

    Dunyo | 1 iyul, 21:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.