Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Uzbekistan Airways Dubayga parvozlar sonini oshirmoqda, deya xabar bermoqda aviakompaniya.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Ma’lum qilinishicha, 2020-yil 1-dekabrdan boshlab Dubayga qatnovlar haftasiga 5 marotaba – dushanba, chorshanba, payshanba, juma va yakshanba kunlari amalga oshiriladi.

Parvozlar jadvali:

Toshkent–Dubay–Toshkent

  • uchish/kelish vaqti – 08:25 — 11:00
  • uchish/kelish vaqti (teskari reys) 12:25 — 16:35
Mazkur qatnovlarga aviachiptalarni aviakompaniya saytidan, shuningdek, Uzbekistan Airways’ning eng yaqin sotuv ofislaridan yoki O‘zbekistondagi aviakompaniya tashuvlarini sotish agentliklaridan sotib olish mumkin.

Toshkentdan Birlashgan Arab Amirliklariga Uzbekistan Airways’dan tashqari Fly Dubai hamda BAAning loukoster aviakompaniyasi hisoblangan Air Arabia ham parvozlarni amalga oshirmoqda.

Xususan, Air Arabia O‘zbekistonga muntazam parvozlarni amalga oshirish uchun 2020-yilning sentabr oyida ruxsatnoma olgandi. Kompaniya 4-noyabr kunidan boshlab Sharja–Toshkent–Sharja yo‘nalishida parvozlarni amalga oshirishni boshladi.

Air Arabia O‘zbekistonga muntazam parvozlarni amalga oshirishni e’lon qilganidan so‘ng Uzbekistan Airways ham Toshkent–Sharja–Toshkent yo‘nalishida parvozlarni qayta yo‘lga qo‘yganini ma’lum qildi.

BAA hamda O‘zbekiston o‘rtasida yo‘lovchi tashuvchi aviakompaniyalar ko‘paygani ushbu yo‘nalishda raqobat kuchayishini ta’minlashi mumkin.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Navoiydagi ko‘p qavatli uylarda lift muammosi: aholi lift ishlamayapti desa, mas’ullar uning to‘xtatilishiga lift ichidagi o‘g‘rilik, fohishabozlik sabab demoqda
Mahalliy
“Daryo” kundaligida 26-sentabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Mahalliy
“Toshkent hokimligi barcha OAV vakillari bilan ishlashga tayyor va hozirjavob bo‘ladi”. Zoir Mirzayevning matbuot kotibi jurnalistlar bilan muloqot qildi