Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Birlashgan Arab Amirliklari hamda O‘zbekiston Transport vazirligi o‘rtasidagi havo qatnovi bo‘yicha kelishuviga muvofiq BAAning Air Arabia aviakompaniyasi Sharja—Toshkent—Sharja yo‘nalishlarida muntazam aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ydi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Foto: Transport vazirligi

Foto: Transport vazirligi

Ma’lum qilinishicha, 4-noyabr soat 19:00 da Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportiga mazkur aviakompaniyaning ilk samolyoti kelib qo‘ndi.

Air Arabia aviakompaniyasi O‘zbekistonga o‘z parvozlarini Airbus-320-214 va Airbus-321-251NX havo kemalarida amalga oshiradi. Airbus-321-251NX samolyoti bir tomonga 150-200 yo‘lovchi tashiydi. Parvozlarni haftasiga ikki marta amalga oshirish rejalashtirilgan bo‘lib, ularning davomiyligi 4,5-5 soatni tashkil etadi.

Air Arabia aviakompaniyasi Abu-Dabi—Toshkent—Abu-Dabi yo‘nalishi bo‘yicha ham O‘zbekistonga parvozlarni amalga oshirish yuzasidan kelishuvga erishish niyatini bildirdi.

Eslatib o‘tamiz, Air Arabia O‘zbekistonga muntazam parvozlarni amalga oshirish uchun 2020-yilning sentabr oyida ruxsatnoma olgandi.

Ma’lumot uchun, Air Arabia Birlashgan Arab Amirliklarining loukoster aviakompaniyasi hisoblanadi. Bosh qarorgohi Sharja shahrida joylashgan. Yo‘lovchi tashish bo‘yicha dunyoning 89 mamlakatiga 170 yo‘nalishda o‘z parvozlarini amalga oshirib keladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Daryo” kundaligida 2-dekabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Mahalliy
“Ifloslantiruvchi to‘laydi” tamoyili, “yashil sertifikatlar”, energiya ulushini kamaytirish: Mirziyoyev “yashil” iqtisodiyot taqdimoti bilan tanishdi
Dunyo
Britaniya razvedkasi Rossiya Ukrainadagi urushda quruqlikdan hujum qilolmayotgani sababini tushuntirdi