Davron Vahobov nomzodi “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi raisining birinchi o‘rinbosari vazifasiga ma’qullandi va bu taklif Prezident tomonidan qo‘llab-quvvatlandi, deb xabar bermoqda uyushma matbuot xizmati.
“Davlatimiz rahbari Davron Vahobovga katta ishonch bildirgani bejiz emas. U tomonidan olib borilgan loyihalar chuqur bilim va tajribaga tayangan. Aynan to‘qimachilik sanoatida loyihalashtirishni, mahsulot marketingi va jahon bozorida raqobatni olib borishni tubdan bilishi va tajribaga ega ekanligi, shu bilan bir qatorda, tadbirkor sifatida soha muammolarini his qila olishi Prezidentimiz tomonidan sanoat rivojida katta omil bo‘lishi ta’kidlandi”, — deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, hozirga qadar Davron Vahobov “Oqsaroy Tekstil” , “Zarbdor Tekstil”, “Oqsaroy Vorteks”, “Osteks Tekstil Jizzax”, “Sardoba Oqsaroy Tekstil” kabi yirik to‘qimachilik loyihalarini amalga oshirib, muvaffaqiyatli boshqarib kelmoqda.
Avvalroq Qudratilla Rafiqov O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasiga rais etib saylangani, Mohir Valiyev Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi raisi etib tayinlangani xabar berilgan edi.
Izoh (0)