Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Chexiyaning Yesenik shahrida istiqomat qiluvchi erkak o‘rmonga qo‘ziqorin tergani borib, u yerdan qadimiy qilichga duch keldi, deb yozadi Euro Weekly News.

Foto: Ancient origins

Foto: Ancient origins

Roman Novak yomg‘irdan so‘ng, uy yaqinidagi o‘rmonga qo‘ziqorin terish uchun chiqqan va yerda yotgan noodatiy buyumga duch kelgan. Erkak uni oyog‘i bilan tepgan va bu qadimiy qilichning bir qismi ekanligini tushungan. Uning yaqinidan bronzadan ishlangan bolta ham topilgan

Novak ikkala topilmani ham arxeologlarga olib borgan. Mutaxassislar, ushbu artefaktlar eramizdan oldingi XIV asrga tegishli ekanligini va Germaniyadan topilgan bronza davriga oid qurollarga o‘xshashini ma’lum qilgan. Bronza qilichlar metallni eritish va uni qolipga quyish orqali yasalgan.

Rentgen metalldagi mayda pufaklarni ko‘rsatgan. Bu erkak tomonidan topilgan quroldan urushlarda foydalanilmagani va faqat ramziy ma’noga ega bo‘lganidan dalolat beradi.

Yesenik etnografik muzeyidan bo‘lgan Milan Rixlining ta’kidlashicha, mutaxassislar boshqa artefaktlarni ham topish ilinjida o‘rmonni tadqiq etish niyatida.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Rossiyaning Nyu-Yorkdagi bosh konsulligi binosi qizil bo‘yoqqa bo‘yaldi (video)
Mahalliy
“Yotoqxona ahvoli rahbarlarni qiziqtirmayapti, muammoni aytsak, bizni uydan quvib chiqarishadi”. Navoiyliklar xaroba yotoqxonada yashayotganini aytmoqda
Mahalliy
“Daryo” kundaligida 30-sentabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar