Yovvoyi tabiat suratkashi Uilyam Stil Botsvanadagi Gaboron qo‘riqxonasida ikkita maymun o‘rtasida sodir bo‘lgan dramatik lahzani tarixga muhrladi. Suratkashning so‘zlariga ko‘ra, maymunlardan biri, aftidan, boshqasiga sun’iy nafas bergan, deb yozadi Daily Mail.

Foto: Daily Mail

Suratdan ko‘rish mumkinki, maymun o‘zining yaqiniga yurak-o‘pka jonlantirish mashqini bajarayotgandek. Biroq navbatdagi kadr maymun shunchaki unga g‘amxo‘rlik qilayotganini ko‘rsatadi.

Foto: Daily Mail

“Maymun panjalarini xavf ostiga qo‘yib, yiqilib tushdi. Avvaliga nima bo‘layotganini tushunmay qoldim, biroq kamerani olganimda boshqa bir maymun shoshib kelib, yotgan maymunni qo‘liga oldi va sun’iy nafas bera boshladi. O‘ylab ko‘rsam, menimcha, bu urg‘ochi maymun tomonidan shunchaki e’tibor talabi bo‘lgan ekan. Bu suratga olish uchun juda qiziqarli lahza”, — deydi suratkash.

Avvalroq Hindistonning Kendujhar shahrida maymun halok bo‘lgan bolasini bag‘riga bosganicha bir necha kun tentirab yurgani haqida xabar berilgandi.