Saudiya Arabistonining Jidda shahridagi nomusulmonlar qabristonida sodir bo‘lgan portlashda kamida to‘rt kishi jarohat oldi, deb xabar bermoqda Meduza.
Reuters’ning Gretsiya hukumatining ismini oshkor qilmagan amaldoriga tayanib ma’lum qilishicha, jabrlanganlar yengil tan jarohati olgan. Uning aytishicha, jarohatlanganlardan biri ushbu mamlakat fuqarosi.
Birinchi jahon urushi tugaganining 102 yilligiga bag’ishlangan tantanali marosimda qabristonda qo‘lbola portlovchi moslama ishga tushirilgan.
Fransiya Tashqi ishlar vazirligi ushbu marosimda Yevropa Ittifoqining bir qator mamlakatlaridan diplomatlar, xususan, Fransiya konsulligi xodimlari ishtirok etganini ma‘lum qildi, deb xabar bermoqda “Al-Jazira”.
Fransiya Tashqi ishlar vazirligi Saudiya Arabistonidagi fuqarolarini sodir bo‘lgan voqealar sababli imkon qadar hushyor bo‘lishga chaqirdi.
BBC’ning yozishicha, Saudiya Arabistonida bo‘lgan fransiyalik jurnalist Klarens Rodriges Twitter’da hodisa oqibati aks etgan surat joyladi. Unda tibbiy yordam ko‘rsatilayotgan jabrlangan kishi ham ko‘ringan.
#ArabieSaoudite Tentative d'attentat ce matin au cimetière des non-musulmans à #Jeddah. Lors de la cérémonie du #11Novembre. En présence du Consul Général de France, 🇮🇪, 🇬🇧...& expatriés français. Des blessés...
— Clarence Rodriguez (@Clarencewoman) November 11, 2020
15j après attaque au couteau au Consulat, la France encore visée !? pic.twitter.com/whjBGlLdad
Qabristondagi portlash so‘nggi ikki hafta ichida Jidda shahrida sodir bo‘lgan ikkinchi jiddiy voqea bo‘ldi. 29-oktabrda ushbu shaharda jinoyatchi Fransiya konsulligi qo‘riqchisiga pichoq bilan hujum qilgan, tajovuzkor qo‘lga olingandi.