HMD Global yangi ikkita mobil telefonni — Nokia 6300 va Nokia 8000’ni taqdim etishga tayyorgarlik ko‘rayotgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Internetda tarqalgan yangi tasvirlarga ko‘ra, Nokia 6300 4G bundan 14 yil oldin taqdim etilgan Nokia 6300’ning dizaynini saqlab qoladi. Shu bilan birga, telefon ayrim zamonaviy funksiyalarni ega bo‘ladi, shuningdek, displeyi kattalashadi, deb xabar beradi IXBT.
Nokia 6300 4G bir yoki ikkita SIM-karta bilan ishlaydi. Qurilmaga sig‘imi 1500 mA/soatga teng akkumulyator va piksellar soni 240x320 bo‘lgan 2,4 dyuyumli displey o‘rnatiladi. Telefon bir yadroli protsessor, 512 magabayt ichki va 4 megabayt tezkor xotiraga ega bo‘ladi. Unga 32 gigabaytgacha microSD flesh xotirasini o‘rnatish mumkin.
Yangi Nokia 6300 4G’ning og‘irligi 104,7 grammni, o‘lchami esa 53x131,3x13,7 millimetrni tashkil etadi. U bir necha xil ranglarda taqdim etiladi, jumladan, qora, ko‘k va oq. Telefon LTE, GSM/WCDMA, Bluetooth 4.0 moduli, GPS, “Glonass” va Micro-USB’ni qo‘llab-quvvatlaydi.
Manbalar tomonidan e’lon qilingan Nokia 8000 4G’ning suratlaridan ko‘rish mumkinki, u Nokia 8000 seriyasidagi slayderga umuman o‘xshamaydi. Qurilma tugmalarga ega monoblok korpusga ega bo‘lgan.
Suratda shishaga o‘xshash premium dizayn va materiallar haqida so‘z boradi. Shuningdek, “yemirilishga bardoshli klaviatura”, WhatsApp va Facebook mobil dasturlari o‘rnatilgan, 4G aloqa tarmog‘i va Wi-Fi’ni qo‘llab-quvvatlaydi.
Ta’kidlanishicha, Nokia 800 4G piksellar soni 320x240 ga teng 2,8 dyuymli suyuq kristall displeyga ega bo‘ladi. Telefonga to‘rt yadroli Snapdragon 210 protsessori va 512 megabayt tezkor va 4 gigabayt ichki xotira o‘rnatiladi.
Foydalanuvchilarning ma’lum qilishicha, telefon 2 megapikselli kameraga, ikkita SIM-kartaga (nano) va yechiladigan 1500 mA/soat akkumulyatorga ega bo‘ladi.