Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘z vaqtida Nokia N95 hatto o‘zining multimediya seriyasi o‘lchovlari bo‘yicha ham inqilobiy qurilmaga aylangandi. Taqdim etilgan vaqtida u o‘sha davr uchun eng yaxshi 5 megapikselli kamera va ikkitalik slayderga ega noyob form-faktorga ega bo‘lgan — bir tomondan klaviatura surilgan, ikkinchisida — mediapleyerni boshqarish klavishi joylashgan.

Hozirda Nokia’ga egalik qiluvchi HMD Global kompaniyasi klassika ustida tarjiba o‘tkazishni yaxshi ko‘radi va hatto N95’ning reinkarniyatsiyalangan versiyasini tayyorladi.

Model tasvirlangan rolikni Yuxo Sarvikas — HMD Global’ning mahsulotlar bo‘yicha direktori Twitter’dagi sahifasida bo‘lishgan. Bu esa N95’ning davomchisi soxta emasligini bildiradi. Bu kabi model rostdan ham tayyorlangan, biroq oxir-oqibat bekor qilingan. Bundan tashqari, HMD Global top-menejeri yangi N95’ning dizayniga oid ko‘plab tasvirlar bilan bo‘lishgan — vertikal, gorizontal va hatto dianogal slayderlar.

Foto: Twitter / Juho Sarvikas

Foto: Twitter / Juho Sarvikas

HMD Global N95 modelini yana qachonlardir “qayta tiriltirishi” mumkin, agar slayder formatida bo‘lmasa, egiluvchan ekranga ega model — hozirgi sanoat tendesiyalariga ko‘proq mos keladi. Albatta, ko‘p modulli va zamonaviy aloqa texnologiyalari bilan.

Foto: Twitter / Juho Sarvikas

Foto: Twitter / Juho Sarvikas

Avvalroq Nokia kompaniyasi 6300 va 8000 modellarining yangi versiyalarini taqdim etib, tugmali klassik telefonlarni yangilangan dizaynda ishlab chiqarishni davom ettirish niyatida ekanligini ma’lum qilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Shou-biznes
Juliya Roberts o‘zi ovqat pishiradi, bolalarini maktabga olib boradi, itlari bilan sayr qiladi va “Oskar”dan ko‘ra oddiy hayotni qadrlaydi
Markaziy Osiyo
Turkmaniston bu yil 1 mln tonnadan ortiq paxta yig‘ib olishni rejalashtirmoqda
Mahalliy
Navoiyda o‘zganing 31 bosh qo‘yini o‘g‘irlagan shaxslar qo‘lga olindi