O‘zbekiston Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi lavozimiga Alisher Maqsudov nomzodi Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan ma’qullandi. Bu haqda qo‘mita matbuot xizmatiga tayanib,“Gazeta.uz” xabar berdi.
Alisher Maqsudov 1996-yilda Toshkent yengil sanoat va to‘qimachilik institutini va 2003-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini bitirgan.
Alisher Maqsudov 2014—2015-yillarda tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri o‘rinbosari, 2015—2017-yillarda “O‘zpaxtasanoateksport” xoldingi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlagan. U 2017-yildan beri “O‘zpaxtasanoat” AJ boshqaruvi raisi lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Eslatib o‘tamiz, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining sobiq rahbari Shavkatjon Abdurazzoqov sentabr oyida Namangan viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlangandi.
Izoh (0)