Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Sirdaryo viloyati Xovos tumanida to‘rt kunlik chaqaloqni sotayotgan ayollar ushlandi deya xabar qilmoqda viloyat IIB axborot xizmati.

Foto: Sirdaryo viloyat IIB

Foto: Sirdaryo viloyat IIB

Ma’lum qilinishicha, 2020-yilning 9-noyabr kuni Sirdaryo viloyati IIB TEQKB Odam savdosi va noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan Xovos tumani hududida tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Tadbir davomida Mirzaobod tumanida yashovchi fuqaro I.S. hamda Xovos tumanida yashovchi fuqaro N.Sh. bilan o‘zaro til biriktirib, fuqaro I.S.ning 4 kunlik qiz farzandi I.K.ni Guliston shahrida yashovchi S.Z.ga 20 ming AQSh dollariga sotayotgan vaqtda tadbir ishtirokchilari tomonidan qo‘lga olingan.

Foto: Sirdaryo viloyat IIB

Foto: Sirdaryo viloyat IIB

Foto: Sirdaryo viloyat IIB

Foto: Sirdaryo viloyat IIB

Tadbir davomida I.S hamda N.Sh. ismli shaxslardan ashyoviy dalil tariqasida 20 ming AQSh dollari olingan.

Holat yuzasidan hozirgi vaqtda Sirdaryo viloyati IIB TEQKB xodimlari tomonidan tezkor tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Avvalroq Xivada 4 oylik qizini 120 mln so‘mga sotmoqchi bo‘lgan ayol, Samarqandda 12 nafar fuqaroning pasportini olib qo‘yib, ularni 2 yil davomida fohishalik bilan shug‘ullanishga majbur qilgan ayol hamda Termizda 2 yoshli o‘g‘lini 50 mln so‘mga sotmoqchi bo‘lgan erkak qo‘lga olingani haqida xabar berilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Shou-biznes
Qashshoq oilada tug‘ilgan bo‘lsa ham, hayotda o‘z o‘rniga ega bo‘lishni uddalagan Gollivud yulduzlari (foto)
Dunyo
“Stalindan keyingi ikkinchi odam” — Malenkovning hokimiyatdan chetlatilishi, boshi tanasidan judo etilgan Shotlandiya qirolichasi va Kanadada to‘qnashgan ikki poye...
Mahalliy
Turkmaniston gaz yetkazib bermagani uchun O‘zbekiston kompensatsiya talab qilgani rad etildi