• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12910.15
    • RUB159.78
    • EUR14660.77
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +19°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistondagi qamoqxonalarda mahkumlarning qiynoqqa solinishi haqidagi videolavha yuzasidan bayonot berildi

    Ichki ishlar vazirligi Jazoni ijro etish bosh boshqarmasi BBC o‘zbek xizmatining “Qiynoqlar hali ham bormi?” nomi ostida e’lon qilingan videolavhasi yuzasidan bayonot berdi.

    Foto: BBC

    Foto: BBC

    Mazkur lavhada BBC muxbiri tomonidan jazo muddatini o‘tayotgan ayrim mahkumlarning oila a’zolari bilan suhbat jarayonlari aks etgan bo‘lib, ular o‘zlarining yaqinlariga nisbatan jismoniy va ruhiy tazyiq o‘tkazilayotganligi, shuningdek, mahkumlarga tibbiy yordam ko‘rsatilmayotganligini hamda ular insonparvarlik tamoyili asosida jazodan ozod etilmayotganliklarini ma’lum qilingan.

    Ta’kidlash lozimki, bugungi kunda respublika jazoni ijro etish muassasalarida jazo muddatini o‘tayotgan shaxslarning huquq va erkinliklari ta’minlangan bo‘lib, ularni axloqan tuzatish, jahon standartlari asosida jazo o‘tashlari uchun yetarli shart-sharoitlar yaratish borasida tizimli ishlar olib borilmoqda.

    Xususan, so‘nggi 4 yil ichida jinoyat sodir etgan shaxslarni mehnatga to‘liq jalb etish orqali ularni axloqan tuzalish va kelgusida jamiyatimizning munosib a’zosi sifatida shakllantirishga qaratilgan O‘zbekistonning 3 ta qonuni qabul qilindi.

    Mazkur qonunlar bilan mahkumlarning ijtimoiy huquqlari kengaytirildi, jumladan:

    — yopiq turdagi koloniyalarda saqlanayotgan mahkumlarning telefon so‘zlashuvidan foydalanishlari, jo‘natma va uchrashuvlar olishlari me’yorlari qariyb ikki barobarga oshirildi;

    — jazo muddatini o‘tash davrida mahkumlarning shaxsiy xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar kuchaytirildi;

    — mahkumlarni tarbiyalashda ularning ota-onalari rolini kuchaytirish, tarbiyaviy tadbirlarning samaradorligini oshirish maqsadida, voyaga yetmagan mahkumlarga ota-onalari bilan uchrashuvlariga nisbatan cheklovlar olib tashlandi;

    — jazoni ijro etish muassasalarida jamoatchilik vakillari, Ombudsman, xalq deputatlari hududiy kengashlaridan iborat maxsus Komissiyalar faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

    Shuningdek, tergov hibsxonalarida saqlanayotgan shaxslarni tergov harakatlarini o‘tkazish uchun olib ketishdan oldin hamda olib kelingandan keyin tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish, har qanday jarohatlar aniqlanganda qayd qilinishi hamda zudlik bilan prokuratura organlarga xabarnomalar yuborilishi joriy etilgan.

    Hozirga qadar mahkumlarni saqlash sharoitlarining shaffofligini ta’minlash hamda qiynoq va jismoniy tazyiq o‘tkazish bilan bog‘liq salbiy holatlarning oldini olish maqsadida tizimdagi 54 ta jazoni ijro etish muassasalari jami 3280 dona zamonaviy videokuzatuv moslamalari bilan jihozlandi.

    Shu bilan birga, mahkumlarning Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakiliga (Ombudsman) hamda prokuratura organlariga bevosita murojaat qilishlari uchun alohida maxsus qutilar joriy etilib, ular faqatgina Ombudsmanning hududiy vakillari va prokuratura xodimlari tomonidan ochiladi va tushgan murojaatlar o‘rganish uchun olib ketiladi.

    Mahkumlar huquqlari poymol etilishi, ularga nisbatan qiynoq yoki boshqa turdagi kamsituvchi harakatlar sodir etilishining oldini olish, muassasalarda ularga yaratilgan shart-sharoitlarni o‘rganish maqsadida mahalliy xalq deputatlari kengashlari, Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi, Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) hamda “Intilish” nodavlat-notijorat tashkiloti tomonidan muntazam ravishda monitoring ishlari amalga oshirilib kelinmoqda. Joriy yilning o‘tgan davri davomida 46 ta muassasada ana shunday monitoring o‘tkazilib, 4493 nafar mahkumlar bilan uchrashuvlar tashkil etildi, 983 nafar mahkumlar bevosita yakka tartibda qabul qilindi.

    Shu bilan birgalikda muassasalarda mahkumlarga yaratilgan shart-sharoitlar, ularning haq-huquqlarini ta’minlash borasida diplomatik korpus, xalqaro nodavlat-notijorat tashkilotlar hamda xorijiy ommaviy axborot vositalari vakillari tomonidan 18 ta jazoni ijro etish muassasalariga 33 marotaba monitoring tashriflari amalga oshirildi.

    Xususan, BMTning mustaqil sud va advokatlar bo‘yicha maxsus ma’ruzachisi Garsiya-Sayan, Human Rights Watch xalqaro nodavlat-notijorat tashkiloti vakili Stiv Mark Sverdlov, Belarus, Germaniya, Xitoy va Finlyandiya davlatlari vakillari hamda “Amerika ovozi” radiosi muxbirining koloniyalarda jazo muddatini o‘tayotgan mahkumlarga yaratilgan shart-sharoitlarni o‘rganish bo‘yicha tashriflari tashkillashtirildi.

    Shuningdek, Rossiya, Qozog‘iston, Pokiston, Xitoy, Hindiston, Afg‘oniston va Qirg‘iziston davlatlari diplomatik korpus vakillari tomonidan ham muassasalarga tashriflar uyushtirilib, mahkumlar bilan bevosita uchrashuvlar o‘tkazishdi.

    Jinoiy qilmishiga chin dildan pushaymon bo‘lib, tuzalish yo‘liga qat’iy o‘tgan shaxslarni afv etish bo‘yicha 2017—2020-yillarda O‘zbekiston Prezidentining farmonlari bilan, 4869 nafar mahkum afv etildi.

    Afv etilib ozodlikka chiqarilgan har bir fuqaro bilan individual tartibda ijtimoiylashuv tadbirlari o‘tkazilib, ularga uy-joy berish yoki ta’mirlash, moddiy yordam ko‘rsatish, bandligini ta’minlash, bank kreditlarini ajratish, tadbirkorlik faoliyatini yuritishi uchun ko‘maklashish va boshqa ijtimoiy masalalar bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatildi.

    BBC videolavhasida qayd etib o‘tilganidek, pandemiya munosabati bilan mahkumlarning sog‘liqlarini himoya qilish maqsadida, ularning yaqinlari va oila a’zolari bilan uchrashuvlari vaqtincha to‘xtatilgan.

    Jinoyat-ijroiya kodeksiga muvofiq pandemiya vaqtida mahkumlarning yaqinlari bilan uzoq va qisqa muddatli uchrashuvlar ularning iltimoslariga ko‘ra telefon so‘zlashuvlari bilan almashtirilib, yetarlicha shart-sharoitlar yaratildi.

    Joriy yilning avgust oyidan boshlab, respublikamizda karantin cheklovlari bosqichma-bosqich yumshatilayotganligi munosabati bilan karantin qoidalariga rioya etgan holda mahkumlarga qisqa muddatli uchrashuvlar hamda jo‘natma va banderollar berilishi yo‘lga qo‘yildi.

    Bundan tashqari, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati mutaxassislarining tavsiyalariga muvofiq uzoq muddatli uchrashuv berilishi yo‘lga qo‘yilib, hozirgi kunda uni qay tartibda joriy etish tartibi ko‘rib chiqilmoqda.

    Jazo o‘tayotgan mahkumlarning yaqinlari BBC muxbiriga bergan intervyularida jazoni o‘tash muassasasi xodimlari tomonidan jismoniy va ruhiy tazyiq o‘tkazilayotganligi, muassasadagi sharoitlardan noroziliklarini bildirganlar. Intervyuda keltirilgan holatlar bo‘yicha ilgari Prokuratura hamda Ichki ishlar vazirligi mas’ul xodimlari tomonidan to‘liq va atroflicha o‘rganilgan, jazoni o‘tayotgan mahkumlar bilan suhbatlashilgan, zaruriy ekspertizalar tayinlangan, lekin tekshiruv davomida mahkumlarning ko‘rsatmalari, ekspertiza xulosalaridan kelib chiqqan holda arizalarda ko‘rsatilgan holatlar o‘z tasdig‘ini topmaganligi aniqlangan.

    Ta’kidlash lozimki, mazkur arizalarda ko‘rsatilgan mahkumlar jazo muddatini o‘tashlari davomida muassasalarda o‘rnatilgan ichki tartib qoidalarga bepisandlik bilan qarab, ularga rioya etmay, muntazam ravishda belgilangan tartibni buzib kelayotganliklari sababli, tuzalish yo‘liga o‘tmagan mahkumlar hisoblanadi.

    Kelgusida ham jazo muddatini o‘tayotgan mahkumlarga nisbatan qiynoq va jismoniy tazyiq o‘tkazish, ularning sha’ni va qadr-qimmatini kamsitish kabi holatlarga yo‘l qo‘ymaslik uchun IIV rahbariyati tomonidan doimiy nazorat olib boriladi.

    Jazoni ijro etish bosh boshqarmasi

    Avvalroq O‘zbekistonda 2020-yilning o‘tgan davrida ichki ishlar organlarining 11 xodimi qiynoqqa solish bilan bog‘liq jinoyatlarda ayblangani to‘g‘risida xabar berilgandi.

    Mavzuga doir: Tanzila Norboyeva qiynoqlar masalasida xulosa qilishda Senat qo‘mitasi OAV va blogerlar fikriga ham tayanish lozimligini aytdi

    Eslatib o‘tamiz, oktabr oyining boshlarida Qashqadaryo viloyatida “kondensat ishi”da ayblangan ikki fuqaro tergov jarayonida qiynoqqa solinganini, soatlab qo‘lidan osib qo‘yilib, ruhiy va jismoniy bosim o‘tkazilganini aytgandi. Keyinroq prokuratura DXX hibsxonasida ularga tazyiq o‘tkazilmagani va jarohatlar aniqlanmaganini ma’lum qilgan.

    10.11.2020, 14:34   Izoh (0)   41247
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Sirdaryoda yosh kelin-kuyov is gazidan zaharlanib vafot etdi

    10.11.2020, 13:58

    “Nega aynan muqaddam sudlanganlar ishlayapti?”. Nig‘matilla Yo‘ldoshev poytaxt bozorlari bosh nazoratchisini so‘roq qildi

    10.11.2020, 13:24

    Namanganda MIB tuman bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari 2 ming dollar pora bilan qo‘lga tushdi

    10.11.2020, 12:23

    Samarqand viloyatiga yangi prokuror tayinlandi

    10.11.2020, 11:58

    Andijonda Isuzu bilan to‘qnashgan Labo ikkita Nexia va Damas’ni urib yubordi

    10.11.2020, 11:22

    Navoiydagi yirik YTH tafsilotlari ma’lum bo‘ldi: 11 mashina zarar ko‘rgan, 11 kishi jarohatlangan

    10.11.2020, 10:11
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    Moliyaviy savodxonlik maktab ostonasidan boshlanadi


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    Mobiuz “MazzaFest”da yangi “Mazza” va “Mazza 2.0” tarif rejalarini taqdim etadi


    Siberian Wellness — O‘zbekistonda 15 yil


    Uklonda taksi haydovchilari uchun katta tadbir o‘tkazildi!

     

    Tavsiya etamiz

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Fazoviy poyganing boshlanishi — Gagarinning parvozi yolg‘on bo‘lganmi?

    6 may, 18:00
    Audio Icon

    “Qurolli qushchalar”. O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan dronlar haqida

    5 may, 21:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Anchelotti “Real” boshqaruvini qachon tark etishi ma’lum bo‘ldi

    Sport | 9 may, 23:38

    Superliga. “Dinamo” “Surxon”ni mag‘lub etib, turnir jadvalida kuchli uchlikka kirib oldi

    Sport | 9 may, 22:35

    AQSH byudjeti taqchilligi yil boshidan beri 196 mlrd dollarga ko‘paydi

    Dunyo | 9 may, 22:05

    Fransiyada ikki general hokimiyatni tanqid qilgani uchun ishdan olindi

    Dunyo | 9 may, 21:35

    “Liverpul” “Real”ning qaroridan norozi bo‘ldi

    Sport | 9 may, 21:12

    NATO Kiyevga tinchlik shartnomasining bir qismi sifatida a’zolikni va’da qilmaganini bildirdi

    Dunyo | 9 may, 20:35

    Superliga. Vodiy derbisida “Neftchi” ustun keldi

    Sport | 9 may, 20:21
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.