Nokia kompaniyasi 2009-yilda ommalashgan Nokia 6700 ko‘rinishida yaratilgan hamyonbop 224 4G modelini taqdim etdi, deb yozadi Gizmochina.

Foto: Gizmochina

Gadjet kichkina rangli ekran hamda klassik tugmali panelga ega. Ishlab chiqaruvchining ta’kidlashicha, apparat bir marta quvvatlanish orqali uzoq vaqt ishlashga qodir.

Nokia 225 4G 2,4 dyuymli displey bilan jihozlangan. Devays to‘rtinchi avlod aloqa tarmog‘i va VoLTE standartini qo‘llab-quvvatlaydi. Shuningdek, unda FM-radio, LED-fonar, microSD uchun slot mavjud. 215 4G kichik modeliga kamera o‘rnatilmagan.

Telefon hozirda Xitoyda sotuvga chiqqan bo‘lib, uning narxi 52 dollar atrofida.

Eslatib o‘tamiz, sentabr boshlarida Nokia 170 dollar evaziga Snapdragon 460 protsessori va 4000 mA/soatli akkumulyatorga ega smartfonni yaratish ustida ish olib borayotgani ma’lum bo‘lgandi.