Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vazirining tegishli buyrug‘i bilan Murad Qurbonov Qoraqalpog‘iston sog‘liqni saqlash vaziri etib tayinlandi. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: SSV matbuot xizmati

Foto: SSV matbuot xizmati

Murad Qurbonov bunga qadar Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Qoraqalpog‘iston filiali direktori vazifasida ishlab kelayotgan edi.

Tibbiyot fanlari nomzodi Murad Qurbanov, shuningdek, Xo‘jayli tumani tibbiyot birlashmasi bosh shifokori, Respublika onkologiya dispanseri bosh shifokori singari mas’ul lavozimlarda ishlagan.

Eslatib o‘tamiz,Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Prezidiumining qarori bilan Otajon Hamroyev 2020-yil 13-may kuni sog‘liqni saqlash vaziri etib tayinlangandi, oktabr oxirida esa u egallab turgan lavozimidan ketgan.

Avvalroq O‘zbekiston Prezidentining farmoni bilan Abduhakim Xojiboyev sog‘liqni saqlash vaziri etib tayinlangani to‘g‘risida xabar berilgandi. Xojiboyev 2020-yil 15-iyul kunidan beri sog‘liqni saqlash vaziri birinchi o‘rinbosari sifatida ishlayotgan edi.

2017-yilning fevralidan buyon sog‘liqni saqlash vaziri sifatida faoliyat yuritgan Alisher Shodmonov esa Toshkent tibbiyot akademiyasi rektori etib tayinlangan. Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori bo‘lib ishlagan Anvar Alimov esa sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari — Toshkent shahar SSBB boshlig‘i etib tayinlangandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Iqtisodiyot
O‘zbekistonda 2022-yilda o‘rtacha oylik ish haqi qancha bo‘lgani ma’lum qilindi
Sport
Muxlislar “Roma” futbolchisi haqida: “Qo‘rqoqlar va sotqinlar ketishi lozim”
Sport
Karlo Anchelotti: “Barselona”dan 5 ochko ortdamiz, biroq oldinda hali uzoq yo‘l bor