• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.32
    • RUB161.89
    • EUR14822.1
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Barcha davrlarning eng noyob arxeologik topilmasi. Tutanxamon qabrining ochilishi haqida

    1922-yil 4-noyabr kuni Misrning Podshohlar vodiysida fir’avnlarning XVIII sulolasidan bo‘lgan hukmdor Tutanxamonning qabri topildi. Ushbu topilmadan keyin jahon nashrlarida turli afsonalar to‘qildi. Bularning barchasi ekspeditsiya ishtirokchilarining sirli o‘limiga aloqador deb hisoblangan “Tutanxamon qarg‘ishi” bilan bog‘liq mish-mishlar edi. Ular qanday paydo bo‘ldi va qayerdan kelib chiqdi? “Daryo” shu haqida hikoya qiladi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Barchasi arxeolog, ekspeditsiya rahbari Hovard Karterning kanareykasini noma’lum yerdan kelib qolgan kobra yutib yuborishidan boshlandi. Karterning yollangan mahalliy ishchilari bunda qandaydir bir xosiyatsizlik borligini aytib ogohlantirdi. Chunki kobralar Fir’avnlar qabrlarining qo‘riqchilari deb hisoblanardi. Odamlar qabrning ochilmasligini, uning ichiga kirmaslikni iltimos qildi.

    Noyob arxeologik topilma

    Barcha ogohlantirishlarga qaramasdan, tayyorgarlik ishlari yakunlanganidan keyin 1922-yil 26-noyabr kuni Karter ekspeditsiya uchun homiylik qilayotgan Lord Karnarvon hamda uning qizi ledi Herbert hamrohligida maqbara ichiga kirishga muvaffaq bo‘ldi. Bu haqida Karter o‘z xotiralarida shunday hikoya qiladi: “Dastlab hech narsani ko‘rishning iloji bo‘lmadi. Xonadan chiqqan issiq shamol shamchiroqning olovini pildiratdi. Keyin qorong‘ilikka o‘rgana boshlagan ko‘zlarim tasvirlarni – g‘alati hayvonlar, haykallar va oltinning yaltirashini ko‘rdi”.

    Lord Karnarvon va qizining nimani ko‘rgani haqidagi savoliga Karter “xazina” deb javob berdi. Xonada yuzlab buyumlar yig‘ib qo‘yilgan edi. Zoomorf ko‘rinishidagi dafn to‘shaklari, nozik did bilan ishlangan sandiqlar, bezatilgan vazalar, kursilar, hassalar, bezalgan aravachalar va hokazolar bor edi. Xonaning oxirida ikki fir’avn haykali muhrlangan eshikning qo‘riqchilari sifatida joylashtirilgan edi va ular ko‘zni qamashtirardi. Go‘rxona buzilmagan holda turardi.

    Mazkur ikkinchi xona 1923-yilning 17-fevral kuni taklif etilgan yuqori martabali mehmonlar – Belgiya qirolichasi Elizabet va uning o‘g‘li Leopold hamrohligida ochildi. Devorlari moviy va tillarangli bezaklar bilan bezalgan xonaning o‘rtasida uchta sarkofag ichida Tutanxamonning uch ming yildan buyon tegilmagan mumiyolangan jasadi yotardi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    “Bu joyni xor qilganlarga o‘lim qanotini qoqajak”

    Qohiraga yetib kelgan jurnalistlar barcha zamonlarning eng noyob topilmasi haqida dunyoga jar soldi. Ularning hikoyalari, ayniqsa, topilmadan olti hafta o‘tgach Lord Karnarvonning qandaydir xavfli kasallikka chalinib qolganidan keyin hayratlanarli bo‘la boshladi.

    Matbuot arxeologlar e’tiborsiz qoldirgan, maqbaraga kiraverishda o‘yib yozilgan quyidagi yozuvga diqqat qaratdi: “Bu joyni xor qilganlarga o‘lim qanotini qoqajak”. Shunday qilib, “Tutanxamon qarg‘ishi” o‘quvchilarni yuz yildan buyon hayratlantirib kelmoqda. Jurnalistlar shundan keyin “sirli o‘limlar” haqida yoza boshladi. 1923-yilning 5-aprel kuni ekspeditsiya homiysi Lord Karnarvon Edvard Herbert kasallik oqibatida vafot edi.

    Kanadalik misrshunos professor La Flyor may oyida, Karnarvonning akasi polkovnik Herbert sentabr oyida vafot etdi. 1924-yil yana bir arxeolog Hyu Ivlin Uayt, mumiyoni radiologiya orqali tekshirgan radiolog Archibald Duglas Ridlar vafot etadi. Shunday qilib, 1939-yilgacha, ya’ni Karter o‘limigacha 27 nafar ekspeditsiyada qatnashganlar birin-ketin vafot etdi.

    Barcha o‘limlarning sababi oddiy

    Bir nechta olimlar, qanchalik jiddiy bo‘lishmasin, eng bema’ni farazlarni ham ilgari surishdan chekinmadi: mumiyolashda ishlatilgan shirin bodom yog‘i sianidga aylanib qolgan; qabrning mash’alalari margimushga botirilgan; arxeologlar ming yillik virusning qo‘zg‘alishi natijasida yuzaga kelgan asfiksatik pnevmoniyaga chalingan... Boshqalarning fikricha esa bu fir’avn bilan birga maqbaraga qo‘yilgan oziq-ovqatlardagi allergik mog‘orlar sababli kelib chiqqan.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Mutaxassislar esa bu borada qat’iy fikrga ega: bir joyda bunchalik uzoq muddat saqlanib qoladigan biror bir mikrob yoki zamburug‘ mavjud emas. Shunday qilib, mazkur “sirli o‘limlarning” sababi juda oddiy.

    Salomatligi nozik bo‘lgan Lord Karnarvon infeksiya tashuvchi pashsha chaqishi oqibatida yuqtirib olgan sepsisdan vafot etgan bo‘lsa, polkovnik Herbert Londonda tishida o‘tkazilgan jarrohlik amaliyoti oqibatida vafot etdi. Ivlin Uayt esa o‘zini osib qo‘ydi. Arxeolog Hovard Karter maqbara ochilganidan 12 yil o‘tibgina vafot etdi.

    Belgiya qirolichasi Elizabetga keladigan bo‘lsak, u 1965-yilda 89 yoshida olamdan o‘tdi. Ledi Herbert va shahzoda Leopoldlarning ikkalasi ham 1980-yillarda vafot etdi. Shunday qilib, “Fir’avn qarg‘ishi”ning yagona qurboni janob Karterning bechora qushchasi bo‘ldi.

    Jahongir Ostonov tayyorladi.

    05.11.2020, 11:59   Izoh (0)   67046
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Dunyoda koronavirusdan o‘lim holatlari soni bo‘yicha antirekord qayd etildi

    05.11.2020, 11:36

    Dunyoda COVID-19’ga chalinganlar soni 48 mln kishidan oshdi

    05.11.2020, 10:56

    Tramp muhim ahamiyatga ega to‘rtta shtatda g‘alaba qozonganini e’lon qildi

    05.11.2020, 10:34

    Bayden: “Ovozlar hisob-kitobi yakunlanganidan so‘ng g‘alaba qozonamiz”

    05.11.2020, 10:11

    Bayden ikki eng muhim shtatda — Viskonsin va Michiganda g‘alaba qozondi

    05.11.2020, 09:57

    AQShda koronavirusdan vafot etgan respublikachi shtat qonunchilik majlisi saylovida g‘olib chiqdi

    05.11.2020, 09:13
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    CAEx Mebel & Decor 2025 ko‘rgazmasi 13-15-sentyabr kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tadi


    SonetUzStyle – ijodiy kontent uchun Kia Sonet sovg‘a qilamiz


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Farg‘ona viloyatida mo‘l hosil: fermerlar 95 sentnerdan ortiq g‘alla yetishtirdi 


    Burger va lavashdan tortib kabob hamda flat-white’gacha — barchasi bir joyda!  


    Toshkentda navbatdagi SAG XL gilam do'koni o'z ishini boshladi


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Kapitalbank Top Employers Institute talqini bo‘yicha O‘zbekistonning eng yaxshi ish beruvchisi maqomini yana bir bor tasdiqladi


    riitm aqlli platformasi O‘zbekiston tinglovchilariga 30 million trek taklif etmoqda


    Imzodan Engelberg premium romlari hashamatlikning timsolidir


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    Chiroyli davlat raqami va 1 yillik transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urtasiga ega HAVAL

     

    Tavsiya etamiz

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23

    SSSRning qo‘shni davlatga bosqini tarixi: Afg‘onistonda yodgorlik o‘rnatilgan yagona sovet askari kim edi?

    5 iyul, 15:22

    “Erishib bo‘lmaydigan ball belgilangani yo‘q” — “El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktori

    4 iyul, 22:11

    “AQSH o‘yindan chiqmoqchi”. Ukraina Qo‘shma Shtatlar yordamisiz qayergacha bora oladi?

    4 iyul, 19:55
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Latviya davlat xizmatchilarining Rossiya va Belarusiyaga borishini taqiqladi

    Dunyo | 10 iyul, 00:05

    Ozarbayjon va Rossiya o‘rtasidagi mojaro: nega bu ikki tomonlama ziddiyat Markaziy Osiyoda aks-sado bermoqda?

    Dunyo | 9 iyul, 23:45

    Joze Mourinyo sobiq shogirdini “Fenerbahche”ga olib kelmoqchi

    Sport | 9 iyul, 23:30

    “Ikki marta ko‘rgan insonimga turmushga chiqqanman”. Shahzoda Muhammedova oilasi, farzandlari va biznesi haqida gapirdi

    Shou-biznes | 9 iyul, 23:25

    Toshkent 20 yildan keyin qay ko‘rinishda bo‘ladi? Prezidentga yangi reja taqdim etildi

    O‘zbekiston | 9 iyul, 22:50

    The Guardian: Grok sun’iy intellekti natsistga aylandi va o‘zini MexaGitler deb atadi

    Dunyo | 9 iyul, 22:45

    O‘zbekistonga go‘sht importi keskin ko‘paydi

    O‘zbekiston | 9 iyul, 22:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.