• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +23°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    4-noyabr – Tutanxamon maqbarasi ochilgan kun. U haqda nimalarni bilamiz?

    Qadimgi Misrda hukm surgan fir’avnlar sulolalari haqida barchamiz eshitganmiz, o‘qiganmiz. Kimdir ko‘proq ma’lumotga ega, kimdir kamroq. Kimlardir hech narsa bilmasligi ham mumkin.

    Eng mashhur fir’avnlardan biri Tutanxamondir. 1922-yilning shu kuni – 4-noyabrida uning maqbarasi ochilgan. Shundan so‘ng u filmlar qahramoniga aylandi, uning maqbarasi haqida afsona va rivoyatlar to‘qildi.

    Foto: Wikipedia

    Tutanxamon aslida kim, qachon hukmronlik qilgan, nimasi bilan mashhur? Quyida u haqdagi asosiy savollarga javob beramiz.

    Tutanxamon kim?

    Tutanxamon Qadimgi Misrda, Yangi podsholik davrida hukm surgan XVIII sulolaning 11-fir’avni hisoblanadi. Tutanxamon miloddan avvalgi 1345–1327-yillarda yashagan. Oxirgi genetik izlanishlar shuni ko‘rsatmoqdaki, Tutanxamon XVIII sulolaning o‘ninchi fir’avni Axenaton va uning singlisining o‘g‘lidir (Qadimgi Misr podsholik oilalarida bunday nikohlar odatiy bo‘lgan). Ammo onasining ismi haligacha ma’lum emas. Arxeolog Viktor Lore tomonidan topilgan mo‘miyolangan ayol jasadi Tutanxamonning onasi hisoblanadi. Arxeolog uni Younger lady, ya’ni “Yosh xonim” deya nomlagan. Antik Misr tarixchisi Manefon ayolning ismini Chebres deb bergan.

    Tutanxamon qancha hukmronlik qilgan? U nimasi bilan mashhur?

    Otasi vafot etgan paytda Tutanxamon ancha yosh bo‘lgan. Shu sababdan taxtga opasi Meritaton o‘tiradi. Ammo qisqa hukmronlikdan so‘ng noma’lum sabablarga ko‘ra g‘oyib bo‘ladi. Taxtga esa to‘qqiz yoshli Tutanxamon o‘tiradi. Legitimlikni saqlash maqsadida fir’avn Axenaton malika Nefertitining uchinchi qizi Anxenesenamonga uylanadi. Juda yosh bo‘lgani sababli haqiqiy hukmdorlik Ay va general Xoremxeblarning qo‘lida to‘plangan. 1327-yilda Tutanxamon vafot etadi. Taxtni esa Ay egallaydi.

    Tutanxamon yuzining rekonstruksiyasi.

    Tutanxamon yuzining rekonstruksiyasi.
    Foto: Wikipedia

    Tutanxamon Misr tarixida uncha katta iz qoldirmagan. Chunki u qisqa hukmronlik qilgan va yosh bo‘lgan. Uning mashhurligi XX asrga borib taqaladi. Aynan o‘sha paytda – 1922-yil 4-noyabr kuni britaniyalik arxeolog Xovard Karter Misrdagi Qirollar vodiysida olib borilayotgan arxeologik izlanishlar paytida fir’avn Tutanxamon maqbarasini va u yerda ko‘milgan xazinani topadi. Shu sababli Tutanxamon mashhurlikka erishdi.

    Tutanxamon maqbarasi qanday topilgan?

    1908-yil ingliz aristokrati lord Karnarvon Qirollar vodiysida arxeologik izlanishlar olib borish huquqini qo‘lga kiritadi. Izlanishlarga rahbarlik qilishni Misr qadimshunoslik xizmatiga yaqin bo‘lgan Xovard Karterdan iltimos qiladi. Karter ishga kirishganidan so‘ng bir nechta fir’avnlar qabrlarini topadi.

    Birinchi jahon urushi boshlangan paytda ishlar to‘xtatib qo‘yiladi. 1917-yildan esa qaytadan davom ettiriladi.

    Foto: Kanada tarix muzeyi

    1922-yil 1-noyabr kuni Karter Ramzes VI qabri yonini qazishni boshlaydi. To‘rt kundan so‘ng ishchilar tosh bilan to‘ldirilgan va zinapoyaga olib kiruvchi xandaqni topadi. Zina pastga qarab qazilgan va u yopiq eshikka olib boradi. Eshik esa qirollar nekropoli muhrlari bilan bezatilgan gips bilan qoplangan edi.

    Qazishma ishlari natijasida nafaqat Misrdagi, balki butun dunyodagi o‘ziga xos topilma aniqlanadi. Bu 3 ming yillik tarixga ega Tutanxamon maqbarasi edi.

    Tutanxamon maqbarasi nimalardan tashkil topgan?

    Maqbara rejasi XVIII sulola hukmdorlari qabrlari bilan bir xilda tuzilgan. Kirishda qisqa koridorga olib boruvchi zinalar qurilgan. Koridordan keyin birinchi xonaga kiriladi. Bu xona bizdagi ziyoratxonaga to‘g‘ri keladi. Ushbu xonada juda ko‘plab uy-ro‘zg‘or buyumlari topilgan. Ular Tutanxamonga narigi dunyoda kerak bo‘lishi vajidan birga dafn qilingan. Xona yonida kichkina qo‘shimcha xona bor. Ziyoratxona boshida esa go‘rxona joylashgan. Go‘rxonani ikkita ruh haykali – Ka qo‘riqlab turibdi. Go‘rxonada Tutanxamonning katta sag‘anasi (sarkofag) va tobuti joylashgan. Xona devorlari esa Tutanxamonning narigi dunyodagi hayoti tasvirlari bilan bezatilgan.

    Sarkofag.

    Sarkofag.
    Foto: Kanada tarix muzeyi

    Go‘rxona yonida xazina xonasi joylashgan. Aynan shu xonadan oltindan ishlangan ostadon topilgan. Bu xazinadagi eng noyob topilma hisoblanadi. Oltin sandiqda marhum fir’avnning ichki a’zolari saqlangan kanoplar bor. Sandiqchani to‘rtta ma’bud: Neis, Selkis, Isis va Neftis to‘rt tomondan qo‘riqlab turibdi. Ushbu xonada, shuningdek, 35 ta qayiq maketi va bo‘ri boshli ma’bud Anubis haykali ham topilgan. Bu buyumlar Qohira muzeyiga topshirilgan.

    Tutanxamon xazinasining ahamiyati nimadan iborat?

    Tutanxamon kolleksiyasi bir nechta sabablar tufayli muhim ahamiyat kasb etadi. Xazina Misr eng gullab-yashnagan XVIII sulola davriga oid. Harbiy yurishlar, savdo-sotiq natijasida Misr Yaqin Sharq bilan aloqalarini mustahkamlab, mintaqadagi rolini oshirib olgan.

    Tutanxamon kolleksiyasi shu paytgacha topilgan qirollik xazinalari ichida eng to‘liq saqlangani hisoblanadi. Bu kolleksiya 3580 buyumdan iborat. Shulardan eng mashhurlari oltindan ishlangan niqob va uchta mo‘miyo ko‘rinishidagi tobutdir. Ulardan biri sof oltindan ishlangan bo‘lsa, ikkitasi oltin suvi yuritilgan yog‘ochdan yasalgan.

    Foto: Kanada tarix muzeyi

    Ushbu kolleksiya qirollar qabrlari qanday shaklda bo‘lganini ko‘rsatish maqsadida Misrda qoldirilgan. Ushbu topilma kundalik uy ro‘zg‘or buyumlaridan tashkil topgan. O‘yinchoqlar, o‘yinlar, o‘rindiqlar, krovatlar, kursilar, sharob idishlari, qilichlar, kamonlar, bumeranglar shular jumlasidandir. Shuningdek, Tutanxamonni narigi dunyoda himoya qilish maqsadida qo‘riqchilar va ma’budlar haykalchalari ham birga ko‘milgan.

    Ushbu xazina bizga fir’avn qanday yashagani, uning qiziqishlari, hayoti haqida tasavvur beradi.

    Fir’avn qarg‘ishi haqiqatmi?

    Fir’avn qarg‘ishi yoki Tutanxamon qarg‘ishi deb nom olgan afsona XX asrda paydo bo‘ldi. Uning muallifi kim ekani noma’lum bo‘lsa-da, XX asr boshidagi matbuot buni afsonaga aylantirib yubordi. Bunday fikr paydo bo‘lishiga sabab esa hukmdor qabrini qazishga qatnashgan ekspeditsiya qatnashchilari ekspeditsiyadan keyin birin-ketin g‘ayritabiiy shaklda vafot etishidir (shu jumladan buyurtmachi lord Karnarvon ham).

    Hammasi ekspeditsiya rahbari Xovard Karterning qushi mahalliy aholi “Fir’avn kobrasi” deb ataydigan ilon tomonidan yutib yuborilganidan boshlandi. Karter tomonidan yollangan mahalliy ishchilar bu voqeada bir xosiyatsizlik bor deb hisoblay boshladi. Yillar davomida Tutanxamon maqbarasi bilan bog‘liq ishlarda qatnashganlar vafot eta boshladi. Voqealar xronologiyasi bilan tanishsak, bu haqda tasavvurimiz yanada kengayadi.

    Foto: Kanada tarix muzeyi

    1922-yil 4-noyabr: maqbaraning topilishi;

    1922-yil 26-noyabr: Xovard Karter qabr ichiga kirishga muvaffaq bo‘ldi;

    Shu yil 18-dekabr: ishlarning boshlanishi;

    1923-yil 17-fevral: 17 kishi guvohligida qabr ochildi;

    1923-yil 5-aprel: ekspeditsiya buyurtmachisi lord Karnarvon pashsha chaqishi oqibatida vafot etdi;

    Shu yilning may oyi: Karterning yaqin do‘sti, kanadalik arxeolog, professor La Fleur vafot etdi;

    1923-yil 16-may: moliyachi Georg Jay Gould qabrga tashrif chog‘ida yuqtirilgan pnevmoniyadan vafot etdi;

    Lord Karnarvon o‘limidan olti oy o‘tib ukasi ham vafot etdi;

    1924-yil: Karterning hamkasbi, go‘rxonaga birinchilardan bo‘lib kirgan professor Xyu Evlin Vayt kuchli depressiya tufayli vafot etdi;

    Shu yili Tutanxamon mo‘miyosini radiografiya qilishga jalb etilgan radiolog Archibald Duglas Reed vafot etdi;

    1926-yil : lord Karnarvonni davolagan hamshira vafot etdi;

    Shu yili Tutanxamon maqbarasiga tashrifdan so‘ng misrshunos George Aaron Benedit vafot etdi;

    1939-yild: Xovard Karter 64 yoshida vafot etdi;

    1967-yil: Parijdagi Petit Palaisda Tutanxamonga bag‘ishlangan ko‘rgazmani o‘tkazish bo‘yicha shartnomaga qo‘l qo‘yganidan so‘ng Qohira muzeyi xodimi Muhammad Mehri vafot etdi;

    Xuddi shunday holatda uning o‘rinbosari Jamol Mahrez Londonda o‘tishi kerak bo‘lgan ko‘rgazma shartnomasini imzolaganidan so‘ng vafot etdi.

    Bu voqealar atrofida Agata Kristi singari adiblar asarlar yozgan, kinoijodkorlar filmlar suratga olgan. Rivoyat haqiqat yoki uydirma ekanini, afsuski, bila olmaymiz. Ammo bir narsa aniq: Tutanxamon maqbarasidan topilgan buyumlar hali ko‘p yillar bizni hayratda qoldirishda va insonlarga ibrat bo‘lishda davom etaveradi.

    Jahongir Ostonov

    04.11.2019, 08:07   Izoh (0)   115621
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    NASA hamkorligida yaratilgan sun’iy intellekt Quyoshdagi chaqnashlarni 2 soat oldin prognoz qila oladi

    Dunyo | 23 avgust, 22:50

    “AQSH bosimiga qarshi birdammiz”: Xitoy Hindistonni qo‘llab-quvvatladi

    Dunyo | 23 avgust, 22:10

    Superliga. “Nasaf” “Surxon”dan ustun keldi, “OKMK” “Xorazm” darvozasiga 3 ta gol kiritdi

    Sport | 23 avgust, 21:50

    Xitoyda ko‘prik qulashi oqibatida 12 nafar ishchi halok bo‘ldi (video)

    Dunyo | 23 avgust, 21:35

    Rauf Parfi, Muhammad Yusuf va boshqa marhum ijodkorlar ordenlar bilan mukofotlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 21:11

    Muftiy Nuriddin Xoliqnazarov “Oliy darajali imom Buxoriy” ordeni bilan taqdirlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 20:46

    Ispaniyadagi plyajlar zaharli va noyob shilliqqurt sabab yopildi

    Dunyo | 23 avgust, 20:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.