Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Farg‘ona viloyati bo‘ylab yo‘l harakati qoidabuzarliklarini qayd etuvchi fotovideofiksatsiya qurilmalari o‘rnatildi. Mazkur videokameralar 2-noyabrdan e’tiboran ishga tushdi va bir qancha qoidabuzarliklarni qayd etadi. Bu haqda Farg‘ona viloyati ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Fotovideofiksatsiya qurilmalari orqali quyidagi qoidabuzarliklar aniqlanadi:

  • “To‘xtash chizig‘i”;
  • 1 sidirg‘a chizig‘i;
  • 19 “Qayrilish taqiqlangan” yo‘l belgisi;
  • Belgilangan tezlik;
  • Svetofor ishoralari.
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi barcha yo‘llar nazoratga olinganini ma’lum qilgan hamda fuqarolarga o‘z hayoti va sog‘lig‘i, shuningdek, oilaviy budjetiga zarar kelishiga befarq bo‘lmaslikni, yo‘l harakati qoidalariga amal qilishni so‘ragan.

Eslatib o‘tamiz, Farg‘onada 17-oktabrdan jamoat joylarida niqobsiz yurgan fuqarolar kameralar orqali aniqlanib, jarimaga tortish boshlangandi, mazkur kameralar bir kunda 156 kishiga jarima belgilagandi.

Avvalroq Toshkent shahar hokimligi huzuridagi Raqamli rivojlanish departamenti rahbari o‘rinbosari Aleksey Xen Toshkent shahrida Shveysariya kompaniyasi bilan hamkorlikda 2017-yilda ishga tushirilgan kuzatuv kameralarining litsenziyasi tugaganini ma’lum qilgandi. Biroq IIV Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi bo‘limi boshlig‘i podpolkovnik Shuhrat Murodov Aleksey Xenning chorrahalarga o‘rnatilgan videokuzatuv moslamalarining litsenziyasi tugagani haqidagi so‘zlarini rad etdi va kameralarga litsenziyalar muayyan muddatga emas, balki umrbod berilganini bildirdi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Rossiya bosh vaziri Mishustin O‘zbekistonga keldi (foto)
Dunyo
“Daryo” kundaligida 1-dekabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Dunyo
Eronda mamlakat terma jamoasining JChdagi mag‘lubiyatini nishonlagan yigit otib o‘ldirildi