Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Farg‘ona viloyatining barcha shahar va tumanlarida yo‘l harakati qoidalarini buzgan haydovchining mashinasini avtomatik ravishda qayd qiluvchi videokameralar o‘rnatilmoqda. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar berdi.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Mazkur kuzatuv kameralari harakat xavfsizligini ta’minlash, yo‘l-transport hodisalarining oldini olish, qoidabuzarliklarni aniqlashda inson omilini kamaytirish maqsadida ishga tushirilgan.

Qayd etilishicha, ushbu qurilmalar to‘xtash va to‘xtab turish qoidalariga amal qilmagan transport vositalarini onlayn tarzda aniqlaydi.

Ushbu aqlli qurilmalar transport vositalari to‘xtagan vaqtni belgilab oladi. Haydovchilarga belgi ostida to‘xtab, yo‘lovchini tushirib ketishi uchun 1 daqiqa vaqt beradi. Agar haydovchi shu vaqtda yo‘lovchisini tushirib, ketishga ulgursa, unga jarima yozilmaydi. 1 daqiqadan so‘ng kamera yana o‘sha joyga qaytib, vaqt hamda fotosuratlarni taqqoslaydi. Avtomatik tarzda avtomashina raqamini aniqlab, qoidabuzarlik bo‘yicha qaror qabul qiladi.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Ayni vaqtga qadar Farg‘ona, Qo‘qon, Marg‘ilon shaharlarida hamda Dang‘ara tumanida “to‘xtash taqiqlangan” belgisi ostida qoldirilgan avtomobillarni qayd etuvchi o‘n to‘rtta videokamera o‘rnatilgan.

Ushbu fotovideo qayd etish qurilmalari orqali 15 ming 430 ta qoidabuzarlik aniqlanib, 7 milliard 293 million 477 ming so‘m jarima undirilgan.

Tez orada bu kabi videokameralar viloyatning Rishton, Toshloq, So‘x, O‘zbekiston va Buvayda tumanlarida ham ishga tushiriladi.

Ma’lumot uchun, “to‘xtash taqiqlangan” belgisi ostida qoldirilgan avtomobillar haydovchilari ushbu qoidabuzarlik uchun eng kam oylik ish haqining uch baravari miqdorida jarima to‘lashi kerak bo‘ladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Foto: Zarbalardan keyin chiroqsiz qolgan Ukrainaning koinotdan ko‘rinishi
Mahalliy
Andijonda Isuzu va yuk mashinasi to‘qnashishi oqibatida 41 kishi jarohatlandi, 3 nafari voqea joyida halok bo‘lgan
Dunyo
Sena daryosi bo‘ylab sayr: turli-tuman qiyofalar va mashhur tarixiy obidalar — suratlarda