Futbol bo‘yicha Angliya Premyer Ligasining 7-turida “Liverpul” 31-oktabr, shanba kuni “Vest Hem”ni qabul qildi.

Foto: Twitter

Uchrashuv debyutida londonliklar Pablo Fornalsning golidan keyin oldinga o‘tib oldi. Birinchi bo‘lim yakunlanishi arafasida Muhammad Saloh penaltini aniq ijro etgan holda hisobni tenglashtirdi.

Ikkinchi bo‘limda mersisaydliklar faollikni yanada oshirdi, qator hujumlar 85-daqiqaga kelib o‘z samarasini berdi. Diogu Jota o‘zining aniq zarbasi bilan mezbonlarga g‘alaba keltirdi.

Ushbu g‘alabadan keyin ochkolarini 17 taga yetkazib olgan “Liverpul” birinchi o‘ringa ko‘tarildi. “Vest Hem” (8) 13-o‘rinda qoldi.

APL

7-tur bahsi

31-oktabr, shanba

“Liverpul” — “Vest Hem” 2:1

Gollar: 0:1 – 10 Fornals, 1:1 – 42, penalti Saloh, 2:1 – 85 Diogu Jota.

“Liverpul”: Alisson, Fillips, Aleksander-Arnold, Gomes, Robertson, Jons (Shakiri, 70), Veynaldum, Mane, Henderson, Saloh (Milner, 90), Firmino (Diogu Jota, 70).

“Vest Hem”: Fabianski, Balbuena, Masuaku (Lansini, 88), Soufal, Kressuell, Souchek, Fornals, Bouen (Benraxma, 89), Rays, Ogbonna, Aller (Yarmolenko, 74).

Ogohlantirish: Rays (49).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!