Futbol bo‘yicha Italiya A Seriyasining 6-turida “Inter” 31-oktabr, shanba kuni “Parma”ni qabul qildi.

Foto: Twitter

Uchrashuvning birinchi bo‘limi o‘rtacha tempda o‘tdi, har ikki jamoada bir qator vaziyatlar yuzaga kelgan bo‘lsa-da tanaffusgacha darvozalar daxlsiz qoldi.

Ikkinchi bo‘lim debyuti mehmonlar uchun omadli keldi. Jervinyo 46-daqiqada “Parma”ning dastlabki golini urgan bo‘lsa, 62-daqiqada uning o‘zi hisobni 0:2 ko‘rinishiga keltirdi.

Oradan ko‘p o‘tmay Marselo Brozovich o‘rtadagi farqni qisqartirdi. Hakam tomonidan qo‘shib berilgan vaqtda milanliklar ikkinchi to‘pni kiritgan holda muvozanatni tikladi.

A Seriya

6-tur bahslari

31-oktabr, shanba

“Inter” — “Parma” 2:2

Gollar: 0:1 – 46 Jervinyo, 0:2 – 62 Jervinyo, 1:2 – 64 Brozovich, 2:2 – 90+2 Perishich.

“Inter”: Handanovich, Hakimi (Yang, 78), Kolarov, Ranokkiya, Darmian (Pinamonti, 68), Perishich, Galyardini (Brozovich, 59), Eriksen (Vidal, 58), Barella (Nainggolan, 78), de Vrey, Martines.

“Parma”: Sepe, Petssella, Yakoponi, Galyolo, Balog, Ernani, Grassi (Brugman, 84), Kutska, Kurtich (Zom, 74), Jervinyo (Sipren, 74), Kornelius (Ingleze, 46).

Ogohlantirishlar: Ernani (23), Ranokkiya (67).

“Krotone” — “Atalanta” 1:2

Gollar: 0:1 – 26 Muriel, 0:2 – 38 Muriel, 1:2 – 40 Nvankvo.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!