Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Surxondaryo viloyati Denov tumanida o‘ziga tegishli bo‘lmagan “Jiguli” avtomobilini boshqargan haydovchi ikki nafar piyodani urib ketdi va ularning o‘limiga sabab bo‘ldi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi xabar berdi.

Haydovchining so‘zlariga ko‘ra, voqea kechki payt yuz bergan. U 300-400 metr uzoqlikda ikki nafar piyodani ko‘rgan, qarama-qarshi tomondan kelayotgan mashina o‘tib ketgach piyodalar yo‘lga chiqib kelgan. “Jiguli” haydovchisi tormoz bosganiga qaramasdan, piyodalarni urib yuborgan.

Piyodalarning biri olingan jarohatlari oqibatida voqea joyida vafot etgan. Ikkinchi piyoda esa kasalxonada vafot etgan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi (odamlar o‘limiga olib kelgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Toshkentda zo‘ravonlikka qarshi kurash bo‘yicha xalqaro anjuman — suratlarda
Dunyo
Trampning sobiq maslahatchisi prezident saylovida qatnashishga tayyorligini bildirdi
Madaniyat
“Kuniga 1 000 dollar topganda talash bo‘lgan ota keksayganda hech kimga kerak bo‘lmay qoldi” — Bobomurod Hamdamovning kelini oiladagi kelishmovchiliklar haqida (vi...