So‘nggi yangiliklar Asosiy yangiliklar Eng ko‘p o‘qilgan
O'zb
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Daryo.uz Daryo.uz

  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
So‘nggi yangiliklar
    • USD 12206.13
    • RUB 127.07
    • EUR 12981.22
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +21°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter

    Daryo logo white Daryo logo dark

    • Mahalliy
      • Mehridaryo
      • Boshqalar
    • Markaziy Osiyo
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
      • Afg'oniston
    • Dunyo
    • Pul
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
      • Biznes
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
    • Kolumnistlar
    • Multimedia

    Daryo.uz Daryo.uz

    Shou-biznes

    Ortiqcha vazni bilan birga husnini ham yo‘qotgan mashhur ayollar (foto)

    28.10.2020, 19:48 57678

    Shou-biznes vakillari har doim diqqat markazida ekani sabab ham ko‘rinishi va vazniga e’tibor qaratadi. Ammo chiroyli ko‘rinish uchun kilo tashlashlar natijasi har doim ham kutilgandek bo‘lmasligi mumkin.

    Demi Mur

    Foto: “Liza”

    Foto: “Liza”

    Demi aktyor Eshton Kutcher bilan ajrashganidan keyin depressiyaga tushib, ozib ketgan. Unda anoreksiya kuzatilgan degan ma’lumotlar mavjudligiga qaramay, Demi buni inkor qilgan. Ozib ketish unga yarashmagan va yoshidan kattaroq ko‘ringan. Ammo u o‘zini qo‘lga ololgan va eski holiga qaytgan. Shunga qaramasdan, yuzi kirtayganicha qolib ketgan. Hamkasblari va yaqinlari Mur yuzi ozg‘in ko‘rinishi uchun plastik jarrohga murojaat qilgan deb biladi.

    Anjelina Joli

    Foto: “Liza”

    Foto: “Liza”

    Bred Pitt bilan bog‘liq muammo va ajrashish sabab Joli so‘nggi bir necha yilda 45 kilogacha ozib, anoreksiya holatiga kelgan. Uning haddan ortiq darajada vazn tashlagani sababli muxlislari salomatligidan xavotirga tusha boshlagan. Bugungi kunda aktrisa asta-sekin eski holiga qaytmoqda, ko‘rinishi ham ancha o‘ziga kelib qolgan.

    Tara Rid

    Foto: “Liza”

    Foto: “Liza”

    “Amerika pirogi” kartinasi yulduzi, parhez va plastik jarrohligiga mukkasidan ketmagunicha ideal qomatga ega bo‘lgan. Hammasi plastik operatsiya natijasidan ko‘ngli to‘lmay, qayta qildirganidan keyin boshlangan. Ammo uning o‘zi ko‘rinishiga gap yo‘q deb hisoblab, boshqalarni xavotirlanmaslikka chaqiradi. Hozir hech nima yemaydi degan gap chiqaradigan odamlar bir vaqtlar uning vazn tashlash kerakligini muhokama qilgani, u doim tanqid ostida bo‘lganini ta’kidlaydi.

    Polina Gagarina

    Foto: “Liza”

    Foto: “Liza”

    Xonanda hech qachon ortiqcha vaznga moyilligi borligini yashirmagan. Birinchi farzandini dunyoga keltirganidan keyin sezilarli darajada semirib ketgan va uzoq vaqt ortiqcha vazn bilan kurashgan. Polina 2012-yilda yaxshigina ozib ketgan va shundan buyon semirib ketmaslikka harakat qiladi.

    2017-yilda takror ona bo‘lgan Gagarina shaxsiy sport instruktori va to‘g‘ri ovqatlanish bilan yana sarvqomat bo‘lib olgan. Polina stress uning eng asosiy treneri va parhezshunosi ekanligini aytib, shoudan avval asabiylashsa, bir necha kilo tashlashini qo‘shimcha qiladi. Shuningdek, u fast-food yeyishi mumkinligi, ammo bundan keyin zalda sport bilan shug‘ullanishini aytib o‘tgan.

    Lyaysan Utyasheva

    Foto: “Liza”

    Foto: “Liza”

    Lyaysan doimiy ravishda gimnastika bilan shug‘ullanishiga qaramay, uning ham to‘lishishga moyilligi bor. Ona bo‘lganidan keyin sportchi vazn tashlashga qiynalgan, ko‘proq sport bilan shug‘ullanishi va parhez qilishiga to‘g‘ri kelgan.

    Natijadan Utyashevaning ko‘ngli to‘lgan, ammo muxlislari uni anoreksiya holatiga kelib qolgan deb hisoblagan. Foydalanuvchilar uni bo‘rtgan yonoqlari chiroyli bo‘lganini yozib qoldirgan. Utyashevaning o‘zi esa u farzandli bo‘lishdan avval ham shunday ozg‘in bo‘lgani va salomatligi bilan bog‘liq hech qanday muammo yo‘qligini ma’lum qilgan. “Vaznim birinchi farzandimni dunyoga keltirgunimgacha bo‘lganidek hozir ham 49 kg”, — deb muxlislarini tinchlantiradi sportchi.

    Mavzuga doir:

    • Adeldan Jessika Simpsongacha: Ortiqcha vazndan xalos bo‘lgan yulduzlarning kiyinish uslubi qanchalik o‘zgardi?(foto)
    • Roli uchun tashqi qiyofasini xunuklashtirgan aktrisalar (foto)
    • Burnini plastik operatsiya qildirgan mashhurlar

    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Ichki ishlar vazirligi nazoratsiz va qarovsiz qolgan voyaga yetmaganlar ro‘yxatini shakllantiradi

    Bugun, 10:23

    Toshkentda isitish magistralidagi nosozliklar sabab ayrim hududlarda issiq suv ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi

    Bugun, 10:17

    O‘zbekistonda ommaviy ahamiyatga ega noyob obyektlar eskiz loyihasi bo‘yicha arxitektura tanlovi o‘tkaziladi

    Bugun, 10:11

    O‘zbekistonda 15 yildan beri qidiruvda bo‘lgan shaxs Qozog‘istonda ushlandi

    Bugun, 09:45

    Donald Tramp firibgarlikda aybdor deb topildi

    Bugun, 09:41

    Toshkent viloyatida salkam 400 gramm opiyni bojxonadan ichki a’zosiga yashirib olib o‘tmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

    Bugun, 09:37

    Kamola Arslonova “Opa-singillar”ga qanday kelib qolgani, turk qaynonasining sevimli kelini ekani va Gavhar Sharipova bilan bog‘liq armoni haqida (video)

    Bugun, 09:28

    O‘zbekistonda temiryo‘l orqali yuk tashishning yangi qoidalari joriy etiladi

    Bugun, 09:11

    Iroqdagi to‘yda yong‘in chiqib, 100 kishi halok bo‘ldi (video)

    Bugun, 09:06

    Tavsiya etamiz

    Bosh prokuratura binosi oldida tadbirkordan norozilar to‘plandi: mahalla raisi namoyishchilar yollangan bo‘lishi mumkinligini taxmin qilmoqda

    23:00 / 26.09.2023

    Tobut ko‘tarib ketayotgan politsiyachilar, joniga qasd qilayotgan erkak, o‘g‘lini ish joyiga olib kelgan Ilon Mask — 26-sentabr suratlari

    23:00 / 26.09.2023

    “Namanganda kasallangani aytilayotgan bolalarning barchasi sog‘ayib, uyiga qaytgan” — sog‘liqni saqlash vaziri

    21:00 / 26.09.2023

    Gunohlarni yuvish marosimi, suvga oqizilgan farovonlik xudosi, qidiruvdagi diktator — 25-sentabr suratlari

    22:00 / 25.09.2023

    MOLIYA

    Iqtisodiyot

    O‘zbekistonda elektron tijorat qanday rivojlanmoqda?

    17:00 / 26.09.2023

    “Bugungi geosiyosiy vaziyatda bitta davlatga tayanib bo‘lmaydi” — bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Xo‘jayev

    15:00 / 26.09.2023

    O‘zbekiston oktyabr oyidan Rossiyadan gaz import qilishga tayyor — Energetika vazirligi

    16:00 / 25.09.2023

    “Oltin vasvasasi”: Nima uchun Markaziy Osiyo davlatlari oltinga pul tikmoqda?

    17:00 / 22.09.2023

    Ko‘p o‘qilganlar

    Andijonda yana bir mashina zavodi ishga tushirildi (video)

    22:00 / 26.09.2023

    Jizzaxda yuk mashinasi YPX maskaniga tiqilib qolgani aytilgan video tarqaldi (video)

    19:00 / 26.09.2023

     O‘zbekistonning Istanbuldagi bosh konsulxonasi Turkiyadagi xotin-qizlarni ogohlantirdi

    23:00 / 26.09.2023

    “Biz tayyormiz” — Medvedev Rossiya NATO bilan jang qilishi haqida gapirdi

    19:00 / 26.09.2023

    Hind kinosi afsonalari — Amitabh Bachchan va Raj Kapurning nabirasi Agastya Nanda aktyorlikka qadam qo‘ydi

    09:00 / 26.09.2023
    About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2023

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    Nimani qidiramiz?