• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12591.71
    • RUB160.18
    • EUR14821.7
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +42°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “61-maktab direktori vazifasiga noloyiq”. Qashqadaryo hokimi sinfxonalarga o‘tin kiritib, jamoatchilikni aldashga uringan maktab direktori haqida gapirdi (video)

    Qashqadaryo viloyati hokimi Zoir Mirzayev internetda shov-shuvlarga sabab bo‘lgan Chiroqchidagi maktab haqida gapirib, qo‘rqinchli sinfxonalarga o‘tin kiritib, jamoatchilikni aldashga uringan direktorni vazifasiga noloyiq deb atadi. Bu haqda Xalq deputatlari viloyat kengashining navbatdagi sessiyasida so‘z yuritildi, deya xabar berdi “Daryo” muxbiri.

    Zoir Mirzayev.

    Zoir Mirzayev.
    Foto: “Daryo”

    Ta’kidlanishicha, 27-oktabr kuni bo‘lib o‘tgan Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyat kengashining navbatdagi sessiyasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mamlakatimiz ta’lim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirish, ilm-fan sohasi rivojini jadallashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni loyihasi muhokama qilingan.

    Sessiyada so‘z olgan Zoir Mirzayev Chiroqchi tuman xalq ta’limi bo‘limi mudiri Farhod Jumanovga yuzlanib “Nimaga bor haqiqatni yashiryapsizlar?”, degan bo‘lsa, deputatlarga qarata “Nimaga Chiroqchidan saylangan deputatlar voqeaga munosabat ham bildirmadi?” deya kuyinib gapirgan.

    Farhod Jumanov.

    Farhod Jumanov.
    Foto: “Daryo”

    “Qilmang bunaqa ishni, o‘tin kiritib qo‘yib, boshqa qilib. Kimga kerak bunaqa maynavozchilik? U — 61-maktab direktori vazifasiga noloyiq. Direktorni televideniyeda, OAVda chiqarish kerak — intervyu bersin. Qolgan maktab direktorlari bunday ko‘zbo‘yamachilik, spektakl qilmasin keyin. Bu holat qolganlarga maktab bo‘lsin”, — dedi Zoir Mirzayev.

    Viloyat rahbari sessiya ishtirokchilaridan 61-maktab hududidan saylangan deputat kimligini so‘ragan. “O‘sha hududdan saylangan deputat, balki, hududingizda 61-maktab borligini bilmassiz?”, — dedi viloyat hokimi.

    Sessiyada ishtirok etayotgan deputatlarning ma’lumot berishicha, Shodiyor Xo‘janazarov 61-maktab joylashgan hududdan viloyat kengashiga saylangan deputat bo‘lib, sessiyada ishtirok etmagan.

    Qashqadaryo hokimi sessiya davomida Chiroqchidagi maktab haqida yozgan OAV vakillariga rahmat aytish kerakligini ta’kidlagan.

    Hasan Chimirzayev, 61-maktab direktori

    Hasan Chimirzayev, 61-maktab direktori
    Foto: “Daryo”

    “Siz ommaviy axborot vositalariga rahmat deng, shuni yoritib bergani uchun. To‘g‘ri, bugun tanqidiy material chiqdi, ertaga ertalab hokimiyat borib hal qilib beradi degan tushunchadan voz kechish kerak”, degan hokim.

    Zoir Mirzayevning ma’lumot berishicha, viloyatda 300 dan ortiq maktab filiallari bo‘lib, ularning 274 tasining kadastr hujjati ham mavjud emas.

    “Yaqinda biz barcha tuman va viloyatning budjetini tasdiqlaymiz. Shunda moliyaning odamidan ‘61-maktabga necha pul berasan, mana bu maktabga qancha berasan? Bu maktab avariya holatida, bu maktabning hojatxonasi yo‘q’ deb kim so‘raydi. Deputatning shunday savol berishga haqqi bormi yoki yo‘qmi?”, deya so‘ragan viloyat hokimi.

    Farhod Ochilov, viloyat xalq ta‘limi boshqarmasi boshlig‘i

    Farhod Ochilov, viloyat xalq ta‘limi boshqarmasi boshlig‘i
    Foto: “Daryo”

    Eslatib o‘tamiz, avvalroq Chiroqchidagi 61-maktabning qo‘rqinchli sinfxonalarida dars o‘tilayotgani tasvirlangan video va fotolar tarqaldi. Shundan so‘ng viloyat xalq ta’limi boshqarmasi hamda Chiroqchi tuman hokimligi holatni rad etib chiqdi. “Daryo” muxbiri bilan suhbatlashgan qishloq ahli esa ushbu sinfxonalarda o‘quvchilarga ikki yil davomida dars o‘tilganini bildirdi. Maktab direktori ham keyinchalik buni tasdiqlab, dastlab jamoatchilikni chalg‘itishga uringanini, yolg‘on ma’lumot berganini tan oldi.

    Mavzuga doir: Chiroqchidagi maktabning qo‘rqinchli sinfxonalarida o‘quvchilarga 2 yil davomida dars o‘tilgan. Mas’ullar esa bu yerda bir kun dars bo‘lganini aytgandi

    27.10.2020, 21:58   Izoh (0)   58100
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Keksalar uchun turizm oyligi, bekor qilinadigan soliq imtiyozlari, oshiriladigan maoshlar — O‘zbekistonda 1-noyabrdan amalga kiritiladigan yangi tartiblar

    27.10.2020, 21:34

    O‘zbekistonda pensiya va nafaqa oluvchilar soni 9 oy ichida 108 mingga ko‘paydi

    27.10.2020, 20:33

    Shavkat Mirziyoyev Turkiya milliy mudofaa vaziri Hulusi Akarni qabul qildi

    27.10.2020, 20:09

    Andijon viloyati hokimligi binosi oldida aholi tomonidan norozilik uyushtirilganiga izoh berildi

    27.10.2020, 18:58

    O‘zbekistonda 28-oktabr kuni shamol tezligi kuchayadi, ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin

    27.10.2020, 18:34

    O‘zbekistonda iste’molchilarga hali ham markaziy isitish tizimidan voz kechish huquqini berish rejalashtirilmayapti

    27.10.2020, 17:33
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Inflyatsiya va jamg‘armalar: Nega pul o‘z qiymatini yo‘qotadi?


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


    Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Fitch Ratings agentligining xalqaro kredit reytingini “BB, barqaror” darajasiga oshirdi


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    “O‘zbekgidroenergo” AJning xalqaro kredit reytingi BB (barqaror) darajasiga ko‘tarildi


    NRG Uzbekistan 60 gektar maydonda "shahar ichida shahar" keng ko‘lamli turar-joy loyihasini ishga tushirmoqda


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    HONOR ilhomlantiruvchi AI texnologiyalarga ega HONOR 400 seriyasini taqdim etdi


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Isroil AQSHga hujum qilgan kun: o‘nlab amerikaliklarni o‘ldirish bu anglashilmovchilik edimi yoki fitna?

    2 iyul, 19:45

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Armaniston sobiq prezidenti korrupsiyada ayblandi

    Dunyo | 3 iyul, 13:35

    Iskandar Hamroqulov 1,5 yosh farzandi OITSdan vafot etgani haqida so‘zlab berdi

    Shou-biznes | 3 iyul, 13:25

    O‘zbekistondan Tojikistonga 59 ta “inomarka” olib o‘tilib, noqonuniy sotib yuborildi

    O‘zbekiston | 3 iyul, 13:20

    Rossiyaning 4 ta hududiga dron hujumi uyushtirildi (video)

    Dunyo | 3 iyul, 13:10

    Shimoliy Koreya Rossiyaga yana 30 ming askar yuboradi — Ukraina razvedkasi

    Dunyo | 3 iyul, 13:00

    Inflyatsiya va jamg‘armalar: Nega pul o‘z qiymatini yo‘qotadi?

    Reklama | 3 iyul, 12:00

    Rossiyada o‘yinchoq to‘pponcha sabab o‘zbekistonlik yigitga hukm o‘qildi

    O‘zbekiston | 3 iyul, 12:55

    Yozda “Real”ni tark etadigan futbolchilar nomi ma’lum bo‘ldi

    Sport | 3 iyul, 12:50
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.