• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12557.56
    • RUB159.44
    • EUR14809.13
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Chiroqchidagi maktabning qo‘rqinchli sinfxonalarida o‘quvchilarga 2 yil davomida dars o‘tilgan. Mas’ullar esa bu yerda bir kun dars bo‘lganini aytgandi

    Qashqadaryo viloyati, Chiroqchi tumanidagi 61-maktabning qo‘rqinchli sinfxonalarida ikki yil davomida dars o‘tilgani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda “Daryo” muxbiri bilan suhbatlashgan ahvoli vakillari xabar berdi.

    Foto: “Daryo”

    Bir necha kun ilgari ijtimoiy tarmoqlarda Chiroqchi tumanidagi maktablardan olingani aytilgan video va fotosurat tarqaldi. Videoda maktabning sinfxonalari ekanligi aytilgan qo‘rqinchli xonalarda 5 va 7-sinflarga dars o‘tilayotgani tasvirlangan.

    Mazkur video va suratlarga munosabat bildirgan viloyat xalq ta’limi boshqarmasi “suratdagi holatlar montaj qilinib, atayin maktab direktorini obro‘sizlantirish uchun shaxsiy adovat tufayli tayyorlanib, e’lon qilinganligini aytib o‘tmoqchimiz” degan bo‘lsa, Chiroqchi tuman hokimligi “haqiqatgo‘y shovvozning shov-shuvi yolg‘on bo‘lib chiqdi” deya bor holatni rad etib chiqdi.

    Foto: “Daryo”

    Mazkur holatga aniqlik kiritish maqsadida “Daryo” muxbiri Otabek Qo‘ldoshev shov-shuvlarga sabab bo‘lgan 61-maktabda bo‘ldi.

    Foto: “Daryo”

    “Farzandlarimizning shunday sinfxonalarda ta’lim-tarbiya olayotgani bor gap. Buni hech kim tan olmasa ham, mana biz tan olamiz. Buni xalq biladi, xalq ko‘rib turibdi. Afsuski, bu achchiq haqiqat. Biz ham qishlog‘imizda zamonaviy maktablar qurilishini xohlaymiz. Farzandlarimiz zamonaviy maktablarda o‘qisin, deb orzu qilamiz”, — deydi Olmazor qishlog‘ida yashovchi Norcha Temirov.

    Norcha Temirov.

    Norcha Temirov.
    Foto: “Daryo”

    “Daryo” muxbiri bilan suhbatlashgan Ziyoda Temirova hamda Munojot Odilovalar esa 61-maktabning mazkur sinfxonalari 2011-yildan beri faoliyat yuritishini, mazkur sinfxonalarda tahsil olgan o‘quvchilar bugungi kunga kelib maktabni tamomlaganini ma’lum qildi.

    Ziyoda Temirova.

    Ziyoda Temirova.
    Foto: “Daryo”

    “Bu sinfxonalarni tugatib, o‘qishga kirgan insonlar ham bor. Maktab o‘qituvchilari yaxshi ta’lim-tarbiya berishadi. Ammo sinfxonalar shunday-da. Balki, chekka qishloq bo‘lgani uchunmi, e’tibordan qolib ketgan”, — deydi Munojot Odilova.

    Foto: “Daryo”

    Ushbu qishloqda yashovchi Ziyoda Temirova mas’ullarning vaziyatni yashirish maqsadida holatni rad etib chiqishini qoralab, “o‘zgarishlar bo‘lishi kerak-ku, qishlog‘imiz qachongacha cho‘l bo‘lib turadi”, — dedi.

    Foto: “Daryo”

    61-maktab direktori Hasan Chimirzayev rasm hamda video ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgach vaziyatni yashirish maqsadida yolg‘on ma’lumot berishga majbur bo‘lganini tan oldi.

    Hasan Chimirzayev.

    Hasan Chimirzayev.
    Foto: “Daryo”

    “Maktabimizdagi holat ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgach yana shov-shuv bo‘lmasin deb, yolg‘on ma’lumot berdik va bor holatni rad etdik. Sinfxonalarni esa o‘tin bilan to‘ldirdik”, — deydi Hasan Chimirzayev.

    Foto: “Daryo”

    Televideniyega intervyu berib, qo‘rqinchli sinfxonalarda deyarli dars o‘tilmasligini aytib, u yerda faqat repetitorlik qilishini bildirgan ona-tili va adabiyot fani o‘qituvchisi Bobur Ulug‘murodov televideniyega aytilishi lozim bo‘lgan gaplar unga o‘rgatilganini, aytishi talab qilinganini bildirdi.

    Bobur Ulug‘murodov.

    Bobur Ulug‘murodov.
    Foto: “Daryo”

    “Men maktab o‘qituvchisining televideniyega yolg‘on ma’lumot berganini eshitib, jahlim chiqdi. Shuning uchun o‘qituvchidan bolalarda ayb yo‘qligini, ularning kelajagi uchun yolg‘on gapirmasligini so‘radim. Menimcha, o‘qituvchiga ham rahbarlari shunday deyishini tayinlagan. Rahbarlarga qolsa, yopiqlik qozon yopiqligicha qolishi kerak. Ular qulog‘ining tinchini o‘ylaydi”, — deydi Xoliyor bobo Shukurov.

    Foto: “Daryo”

    Qishloq ahli vakillaridan yana biri Bollibek Hoshimov maktabdagi qo‘rqinchli sinfxonalardan 2018-yildan beri foydalanib kelinganini aytib, Chiroqchi tuman xalq ta’limi bo‘limi mudiri maktabga ilgari biror marta ham kelmaganini qo‘shimcha qildi.

    “O‘sha kuni tuman xalq ta’limi bo‘limi mudiri qishloqda adashib, maktabni qishloq odamlaridan so‘rab yuribdi. Demak, mudir ilgari maktabga biror marta ham kelmagan. Aslida, ish faqat maktabni qurishdan iboratmas-ku, mudir degani maktabga kelib, ta’lim-tarbiya qanday ketayotganini ko‘zdan kechirib turishi kerakmasmi?”, — deydi Bollibek Hoshimov.

    Bollibek Hoshimovning qo‘shimcha qilishicha, holat ijtimoiy tarmoqlar orqali jamoatchilikka ma’lum bo‘lgach mas’ullar haqiqatni yashirish maqsadida qo‘rqinchli sinfxonalarda o‘qiyotgan bolalarni ko‘chaga chiqarib qo‘yib, sinfxonalarga o‘tin kiritishgan va hammani “mazkur xonalardan xo‘jalik ishlarida foydalanganmiz” degan yolg‘onga ishontirishga uringan.

    Foto: “Daryo”

    “Eng yomoni, bolalarimiz ko‘chada qolib ketgan. Dars ham o‘tilmagan. Menga nevaralarim bor gapni aytib berdi”, — deydi Bollibek Hoshimov.

    Foto: “Daryo”

    Maktab direktori bor haqiqatni tan olar ekan, mazkur sinfxonalar 2018-yil hashar yo‘li bilan qurilganini, sinfxonalardan o‘sha vaqtdan buyon foydalanib kelinayotganini bildirdi.

    “Bu sinfxonalarda faqatgina 5 va 7-sinf o‘quvchilari o‘qigan. 2013-yil qurilgan maktabimiz 80 o‘rinli bo‘lib, ayni kunda 205 nafar o‘quvchini o‘qitamiz. O‘quvchilarimiz soni ortib ketgani sabab mana shu sinfxonalardan ham foydalanishga majbur bo‘lgandik”, — deydi maktab direktori.

    Foto: “Daryo”

    Ushbu qishloqda yashovchi va shu maktabning 3-sinfida o‘quvchi Dilafruza Xoldorova esa qo‘rqinchli sinfxonalarda 3-sinf o‘quvchilari ham o‘qiganini aytib, ba’zan o‘quvchilar boshiga loy tushganini, sinfxonadagi partalar sinib tushganini bildirdi.

    Dilafruza Xoldorova.

    Dilafruza Xoldorova.
    Foto: “Daryo”

    Maktab direktorining qo‘shimcha qilishicha, 2021-yil maktab o‘quvchilari uchun yangi bino qurib beriladi.

    Chiroqchidagi maktab muammosini yechishni maqsad qilgan tuman Xalq ta’limi bo‘limi maktab rahbariga o‘quvchilarni uch “smena”da o‘qitishni maslahat bergan. Maktab rahbariyati esa bunga javoban 5 va 8-sinflarni qo‘shib, bir sinfda dars o‘tmoqda. “Ularning mavzusi to‘g‘ri keladimi” degan savolimizga javob bergan maktab direktori “faqat bugun shunday bo‘lib qoldi, ertadan bularni qo‘shib o‘tmaymiz”, — dedi.

    Foto: “Daryo”

    Chiroqchidagi maktab sinfxonalari haqida fikr bildirgan xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov esa “Chiroqchida ham, boshqa joylarda ham ko‘p muhokamaga sabab bo‘ladigan masalalardan biri – filiallar. Filial degani nima? Aholi o‘sha joyga ko‘chib borgan. O‘zi hashar yo‘li bilan qurgan binoni maktab filiali sifatida ochib qo‘ygan. Chunki asosiy maktab uzoqda joylashgan. Qishloqlarda, tog‘li hududlarda o‘qishga borish uchun transport yo‘q. Shuning uchun ham o‘sha maktablarning ahvoli qo‘rqinchli bo‘ladi. Chunki ular paxsadan, qo‘l uchida qurilgan binolar. Bular davlat dasturi bilan qurilgan maktablar emas”, — dedi.

    Foto: “Daryo”

    Vazir eski maktablar taqdiri uchun mahalliy hokimliklar javobgarligini aytib, “Bunaqa eski, qolib ketgan filiallar bo‘yicha Prezidentimiz tomonidan mahalliy hokimliklarga vazifa qo‘yilgan. O‘sha maktablarning hammasini yoki ta’mirlash, yoki yopib, asosiy maktabiga o‘tkazib yuborish, yoki aholi soni o‘sadigan bo‘lsa, o‘sha joyda yangi maktab qurib berish kerak”, — degan.

    Foto: “Daryo”

    “Daryo” Chiroqchidagi qo‘rqinchli sinfxonalar bilan bog‘liq voqea qanday yakun topishini kuzatishda davom etadi.

    27.10.2020, 08:10   Izoh (0)   62127
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekiston Xitoydan yillik investitsiyalar hajmini 2025-yilga borib 5 mlrd dollarga yetkazishni rejalashtirmoqda

    27.10.2020, 07:39

    Toshkent viloyatida 150 million so‘mlik “Tropikamid” dori vositasining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi

    27.10.2020, 07:09

    O‘zbekistonda 2021-yilda ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirishga 17,1 trln so‘m ajratiladi

    27.10.2020, 06:55

    Guliston tumanida Sirdaryo–Qorako‘l maktab-internati o‘z faoliyatini boshladi (foto)

    27.10.2020, 06:41

    Toshkent va Andijonda qariyb 10 mlrd so‘mlik noqonuniy tranzit operatsiyasiga chek qo‘yildi

    27.10.2020, 06:27

    Xalq ta’limi vaziri: “Keyingi kirish imtihonlarida o‘zbek tili bo‘yicha grammatika emas, to‘rtta ko‘nikma test qilinadi”

    26.10.2020, 23:39
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    HONOR ilhomlantiruvchi AI texnologiyalarga ega HONOR 400 seriyasini taqdim etdi


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    “O‘zbekgidroenergo” AJning xalqaro kredit reytingi BB (barqaror) darajasiga ko‘tarildi


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya


    NRG Uzbekistan 60 gektar maydonda "shahar ichida shahar" keng ko‘lamli turar-joy loyihasini ishga tushirmoqda


    Inflyatsiya va jamg‘armalar: Nega pul o‘z qiymatini yo‘qotadi?


    Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Fitch Ratings agentligining xalqaro kredit reytingini “BB, barqaror” darajasiga oshirdi


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    Smart Business va UZCARD Farg‘ona tadbirkorlari uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda 


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi

     

    Tavsiya etamiz

    Isroil AQSHga hujum qilgan kun: o‘nlab amerikaliklarni o‘ldirish bu anglashilmovchilik edimi yoki fitna?

    2 iyul, 19:45

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Rossiya Afg‘oniston Islom Amirligini rasman tan oldi

    Dunyo | 3 iyul, 23:51

    Bolalar bilan urush haqida qanday suhbatlashish lozim?

    Dunyo | 3 iyul, 23:35

    Qoraqalpog‘istonda fuqaroning yonidan 250 grammdan ortiq opiy topildi

    O‘zbekiston | 3 iyul, 23:20

    “Daryo” dayjesti: 3-iyulning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 3 iyul, 23:05

    Samarqand no‘xat sho‘ragi patentlandi

    O‘zbekiston | 3 iyul, 22:50

    Dermatologdan ogohlantirish: “Ushbu xato SPF kremning foydasini yo‘qqa chiqaradi”

    Go‘zallik | 3 iyul, 22:40

    AQSHda 6 mlrd dollarlik ta’lim dasturlarini moliyalashtirish to‘xtatib qo‘yildi

    Dunyo | 3 iyul, 22:30

    Superliga. “Sho‘rtan” o‘z maydonida “Qizilqum”ga mag‘lub bo‘ldi

    Sport | 3 iyul, 22:26
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.