Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portali regulation.gov.uz saytining yangi versiyasi ishga tushdi, deb yozmoqda Spot. Bu saytning so‘nggi uch yil davomida uchinchi marta yangilanishi. Avvalgi versiyasi 2018-yildan boshlab ishlayotgandi.

Foto: Spot

Yangi versiyada saytning dizayni o‘zgargan, navigatsiya, mobil versiya va qidiruv menyusi yangilangan. Loyihalar munozara holatiga ko‘ra to‘rt toifaga ajratilgan: boshlandi, davom etmoqda, yakunlanmoqda va yakunlandi.

Saytdan 5 xil usulda ro‘yxatdan o‘tish mumkin: OneID, Facebook, Google, VK va OK orqali.

So‘rovnomalar paydo bo‘ldi. Masalan, maxsus shakllarni to‘ldirib, loyihaning korrupsiyaning oldini olish yoki gender tengligiga erishishga qanday ta’sir qilishiga fikr bildirish mumkin.

Regulation.gov.uz — idoralar, vazirliklar va boshqa davlat organlari normativ hujjatlar loyihalarini jamoatchilik muhokamasiga taqdim etadigan sayt. Ba’zan foydalanuvchilar fikri hisobga olinadi. Xususan, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi o‘tgan yili ushbu saytdagi tanqidlardan so‘ng o‘rta biznesni QQSdan ozod qilish g‘oyasidan voz kechgandi.