• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    SSV huzuridagi shtab a’zosi samarasi isbotlanmagan dorini koronavirusning birinchi kunidan berilishini oqladi

    O‘zbekistonda gidroksixloroxinni profilaktika yoki koronavirusning birinchi kunidan qo‘llash asoratlarning oldini olish, uy sharoitida ichish bemorning reanimatsiyaga tushib qolmasligini ta’minlashi aytildi. Bu haqda Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Sevara Ubaydullayeva AOKA huzuridagi brifingda ma’lum qilgan.

    Skrinshot: UzreportTV

    Skrinshot: UzreportTV

    Shtab a’zosi, jumladan, “Koronavirusga chalindim, 5 oylik farzandim bor. MSKT tekshiruvi o‘ng o‘pkada 15 foiz, chap o‘pkada 25 foiz zararlanish borligini ko‘rsatdi. Poliklinika vrachi “Deksametazon”, “Amikatsin 500” va shunga o‘xshash antibiotiklarni tavsiya etdi. Lekin “Deksametazon” mumkin emasligini o‘qigandim, nima qilish kerak?”, — degan savolga javob berish jarayonida gidroksixloroxin dorisi haqida ham qo‘shimcha qilgan.

    Mavzuga doir: “Plakvenil” bilan 12 mingga yaqin bemorni tuzatib chiqarib yubordik — Habibulla Oqilov

    Deksametazon”, “Amikatsin 500”larni kasallikning birinchi kunidan tavsiya qilinmagani bu juda to‘g‘ri taktika, deb hisoblayman. Respublikamizda tasdiqlangan standart protokolda MSKT natijasiga ko‘ra 15-20% o‘pka jarohatlanishi kasallikning yengil kechuvi hisoblanadi, uni kechirgan bemorlarimiz uy sharoitida davolanadi. To‘g‘ri, uy sharoitida “Deksametazon”, “Amikatsin 500” kabi dorilar tavsiya qilinmaydi. Lekin ba’zi bir shifokorlar o‘zlarini himoya qilish maqsadida shu dorilarni uyga tavsiya qilishi mumkin.

    Oilaviy shifokoringiz va tor mutaxassislar bilan birga qayta konsultatsiyadan o‘tib, ular bilan kelishgan holda qayta uy sharoitida ichishingiz mumkin bo‘lgan vitamin D3, vitamin C, sink (rux) mikroelementlari, gidroksixloroxin dori vositasini qabul qilishingiz mumkin. Gidroksixloroxin dori vositasi haqida alohida to‘xtalib o‘tishim kerak. Bugungi kunda ko‘pchilik orasida tushunmovchilik bo‘lyapti, Yevropada bu dori haqida turli fikrlar bildirilmoqda. Lekin maqolalarni o‘qish jarayonida tubdan mohiyatini tushunib yetsak, Yevropa davlatlari ham JSST tomonidan o‘tkazilayotgan tadqiqotlarda bugungi kungacha kelgan ma’lumotlarni aytib o‘tmoqda. Lekin bu dori vositasining keyinchalik o‘z vaqtida va o‘rinli foydalanishdan kerakli foyda va samarasi haqida hali o‘rganishlar davom etadi, degan xulosalar ham mavjud. Bizning mamlakatimizda ham gidroksixloroxindan profilaktika maqsadida yoki kasallikning birinchi kunidan samarali qo‘llashimiz natijasida ko‘pgina insonlarni og‘ir asoratlardan himoya qilganimiz bo‘yicha isbotlangan dalillar mavjud.

    Sevara Ubaydullayeva, Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi 

    Ubaydullayeva gidroksixloroxin ko‘rsatma sifatida berilgan bemorlar uni ichganida tezroq sog‘ayishi hamda atrofdagilarga yuqumli bo‘lmasligini aytgan. Shu bilan birga, gidroksixloroxin homiladorlar, 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar, qariyalar, yurak-qon tomir yetishmovchiligi mavjud bemorlarga mumkin emasligini ta’kidlagan.

    Mavzuga doir: O‘zSSV o‘qituvchilar uchun 1 mln qadoq gidroksixloroxin sotib oldi. JSST bu dorini samarasiz deb hisoblaydi, Fransiya hukumati esa undan keng foydalanishni taqiqlagan

    Ma’lumot o‘rnida aytish kerakki, jahondagi klinik tajribaga asosan, gidroksixloroxin COVID-19’ni davolashda samarali emas. Preparat koronavirus oqibatida yuz bergan o‘limlar sonini kamaytirish yoki shifoxonada yotib davolanish davomiyligiga ta’sir qilmagan. Shu hamda boshqa ma’lum va nisbatan jiddiy aks ta’sirlari (avvalo, yurak ritmining buzilishi) sabab bir qator tadqiqotlarning rahbarlari tekshiruvlarni muddatidan avval to‘xtatdi, AQShning Oziq-ovqat va dori vositalari sifati ustidan sanitar nazorat boshqarmasi (FDA) esa preparatni koronavirusga chalingan bemorlar bilan bog‘liq klinik tadqiqotlardan boshqa o‘rinda foydalanish uchun ruxsatnomani chaqirib oldi. Iyul oyi boshida JSST gidroksixloroxinni “Birdamlik” dasturidan chiqarib tashladi. Keyinroq Yevropa dori vositalari agentligi ushbu preparat yirik randomlashtirilgan klinik tadqiqotlar (Solidarity, Recovery va Discovery) doirasida koronavirusni davolashda biror-bir ijobiy samara ko‘rsatmaganini ma’lum qildi. Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligi esa gidroksixloroxinni koronavirusning yengil va o‘rta yengil shakli bilan kasallangan bemorlarni davolash bo‘yicha tavsiyanomalardan chiqarmaslikka qaror qildi.

    Fransiya farmatsevtika agentligi (ANSM) gidroksixloroxinni keng qo‘llashni, avvalo, mamlakat tibbiyot muassasalarida ushbu preparatdan foydalanishni taqiqladi. “TASS”ning yozishicha, ushbu qaror preparatdan foydalanish bo‘yicha Marsel universitetining “Mediterrane enfekson” gospitalidan tushgan so‘rovni ko‘rib chiqish yakunlari bo‘yicha qabul qilingan.

    Eslatib o‘tamiz, JSST gidroksixloroxinni koronavirusni davolashda samarasiz ekanini ma’lum qilgan edi. AQSh bosh infeksionisti ham ushbu preparatning koronavirusga qarshi samarasi biror mukammal tadqiqotda isbotlanmaganini ta’kidlab o‘tgandi.

    Biroq SSV vakili Habibullo Oqilovning fikricha, O‘zbekiston o‘z tajribasiga asosan, “Plakvenil” (gidroksixloroxin)dan foydalanmoqda va bu samara beryapti.

    “JSST topshiriq beradigan tashkilot emas, u faqat tavsiya beruvchi tashkilot. Uning tavsiyalarini qabul qilish-qilmaslik har bir davlatning o‘ziga bog‘liq. O‘zbekiston mart oyidan beri shu kungacha koronavirus bilan kurashib, bu borada o‘z tajribasiga ega bo‘ldi. Shuning uchun biz boshqalarning tajribasiga qaramasak ham bo‘ladi”, – degan edi Habibullo Oqilov.

    Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Laziz To‘ychiyev esa gidroksixloroxin preparati O‘zbekistonga chet el davlatlardan gumanitar yordam sifatida kelayotganini ta’kidlab o‘tgan.

    Mavzuga doir:

    • JSST koronavirusga qarshi dorilarning samaradorligi past ekanligini ma’lum qildi
    • O‘zbekistonda COVID-19’ga qarshi profilaktika va davolash maqsadida o‘qituvchilarga qaysi dorilar bepul berilishi ma’lum qilindi
    • “Plakvenil” bilan 12 mingga yaqin bemorni tuzatib chiqarib yubordik — Habibulla Oqilov
    • JSST samarasiz deb topgan “Gidroksixloroxin” preparati O‘zbekistonda nega qo‘llanilayotganiga izoh berildi

    26.10.2020, 18:57   Izoh (0)   17379
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “O‘zgidromet” 27-oktabrda kutilayotgan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi

    26.10.2020, 18:10

    “Vaksinani olib kelishimiz kerak bo‘lsa, albatta sinovini o‘tkazishimiz kerak” — Innovatsion rivojlanish vaziri

    26.10.2020, 17:59

    Andijon viloyati hokimligi internetda audioyozuvi tarqalgan Bo‘ston hokimiga ogohlantirish berdi

    26.10.2020, 17:11

    Andijon shahar hokimining uy-joy qurish uchun auksionsiz yer ajratib berish to‘g‘risidagi noqonuniy qarori bekor qilindi

    26.10.2020, 16:10

    “Xijolatdaman, o‘zimni jilovlashim kerak edi”. Bo‘ston hokimi Sadbarxon Mamitova fermerlarni kamsitayotgani yozilgan audio bo‘yicha izoh berdi

    26.10.2020, 15:31

    O‘zbekistonda go‘sht narxining qimmatlashishiga sabab bo‘layotgan omillar sanab o‘tildi

    26.10.2020, 15:11
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda nevrologiya sohasida yangi loyihaga start berildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 16:05

    Kongo harbiy prokurori sobiq prezident Kabilaga o‘lim jazosi berilishini talab qilmoqda

    Dunyo | 23 avgust, 15:45

    O‘zbekiston terma jamoasining CAFA Nations Cup-2025 turniri uchun kengaytirilgan tarkibi e’lon qilindi (foto)

    Sport | 23 avgust, 15:37

    Foto: yovvoyi tabiatdagi jonivorlarning eng kulgili suratlari

    Layfstayl | 23 avgust, 15:20

    Rossiyada og‘ir ahvolda qolgan 8 nafar o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 15:00

    Sun’iy intellekt insonlarda psixoz keltirib chiqarishi mumkin

    Layfstayl | 23 avgust, 14:40

    Janubiy Koreya harbiy kuchlari KXDR chegarasida ogohlantiruvchi o‘t ochdi

    Dunyo | 23 avgust, 14:20

    Navoiyda soliqchilar tomonidan noqonuniy undirilgan 2 mlrd so‘m tadbirkorga qaytarildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 14:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.