Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Isroil Bahrayn bilan rasman diplomatik aloqalarni o‘rnatdi, deb yozadi “RBK”.

Foto: Trend.az

Foto: Trend.az

The Times of Israel xabariga ko‘ra, diplomatik aloqalarni o‘rnatish haqidagi bitimni imzolash marosimi Bahrayn poytaxti Manamada bo‘lib o‘tgan. Bundan tashqari, tomonlar hamjihatlik to‘g‘risida memorandumlarni imzoladi.

Manamaga Isroil delegatsiyasidan tashqari AQSh vakillari ham keldi — ushbu bitimga AQSh hamkorligida erishilgan. Hujjatga Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxuning milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Meir Ben-Shabbat hamda Bahrayn tashqi ishlar vaziri Abdullatif bin Rashid Al-Zayaniy imzo qo‘ydi.

Ta’kidlanishicha, ikkala tomon bir-biriga qarshi dushmanlarcha harakat qilmaslikka va uchinchi mamlakatlarning adovatli harakatlariga qarshi harakat qilishga va’da bergan.

Hujjatda qo‘shimcha qilinishicha, ikkala tomon ham “Isroil-Falastin nizosini adolatli, keng qamrovli va barqaror tarzda tartibga solishga erishish bo‘yicha o‘z harakatlarini davom ettiradi”.

Bahrayn qiroli Hamad bin Isa al-Xalifa ma’lum qilishicha, turli madaniyatlar va dinlar o‘rtasida, ayniqsa, “xalqlari ko‘plab nizolar va kurashlardan jabr ko‘rgan” hududda, bag‘rikenglik, tinch-totuv yashash va hamjihatlik qadriyatlarini mustahkamlash muhimligiga ishonadi.

Amerika delegatsiyasiga rahbarlik qilgan AQSh moliya vaziri Stiven Mnuchin ikki mamlakat o‘rtasidagi kelishuvni “mintaqadagi barqarorlikka, mintaqa va u yerdagi mamlakatlarda barcha fuqarolar uchun gullab-yashnashga qo‘yilgan muhim qadam” deb atadi.

Bitim imzolangach, Isroil tashqi ishlar vazirligining yuqori mansabli amaldori Bahrayn TIV rahbariga Manamada Isroil elchixonasini ochish haqida rasmiy iltimos bitilgan xatni topshirdi.

Avvalroq BAA tashqi ishlar vaziri Abdulla ibn Zayd al-Nahayon va Bahrayn tashqi siyosiy idorasi rahbari Abdullatif al-Zayoniy Vashingtonda Isroil bilan o‘zaro munosabatlarni yaxshilash to‘g‘risidagi hujjatni imzolagan edi.

Bahrayn va Isroil 11-sentabr kuni diplomatik aloqalar o‘rnatilishini e’lon qildi. Bahrayn so‘nggi bir oy ichida Birlashgan Arab Amirliklaridan keyin AQSh orqali Isroil bilan kelishuvga erishgan ikkinchi davlat bo‘ldi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Britaniya hukumati “Vagner”ni terrorchi tashkilot deb e’lon qilmoqchi — The Telegraph
Dunyo
AQSHda xavfli moddalarni olib ketayotgan yuk poyezdi relsdan chiqib ketdi (video)
Mahalliy
O‘zbekistonda kelayotgan hafta boshida qanday ob-havo bo‘ladi?