Chili fuqarolari 25-oktabr kuni bo‘lib o‘tgan referendumda mamlakatning yangi konstitutsiyasini ishlab chiqish uchun ovoz berdi, deb yozmoqda Meduza.

Foto: Reuters

Ovoz berish natijalariga ko‘ra, yangi konstitutsiyani ishlab chiqish uchun mamlakat aholisining 78 foizi rozilik bildirgan.

Mamlakatda 2021-yilning bahorida ta’sis majlisi uchun saylov bo‘lib o‘tadi. Majlis yangi konstitutsiyani ishlab chiqadi. Shundan so’ng mamlakat fuqarolari referendumda konstitutsiyaning tayyor matnini ma’qullashi kerak bo‘ladi. Referendumning 2022-yilda o‘tkazilishi kutilmoqda.

Ayni paytda Chilida diktator Augusto Pinocheta boshqaruvi davrida qabul qilingan konstitutsiya amal qilmoqda. Uning matni 1980-yilda tasdiqlangan.

Yangi konstitutsiyaning qabul qilinishi Chilida 2019-yilning kuzida boshlangan ko‘p millionli norozilik namoyishlari qatnashchilarining talablaridan biri bo‘lgan. Ularning fikricha, asosiy qonunning ba’zi qoidalari mamlakatda kuchli ijtimoiy tengsizlikni keltirib chiqargan.