Abu-Dabidagi (BAA) “Jangchilar oroli”da UFC 254 musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

Foto: UFC

Barcha janglar videosini bu yerda tomosha qilish mumkin — VIDEO.

Musobaqaning asosiy jangi Habib Nurmagomedov va Jastin Getji o‘rtasida kechdi. Shuningdek, asosiy kardda o‘zbekistonlik yakkakurashchi Liliya Shokirova ham ishtirok etdi.

Asosiy kard janglari

Habib Nurmagomedov (29-0) 2-raundda Jastin Getjini (22-3) taslim qildi va chempionlik kamarini himoya qildi.

1-jang. Magomed Ankalayev (14-1) 1-raunddayoq Ion Kutselabani (15-6) dahshatli nokautga uchratdi.

2-jang. Loren Myorfi (14-4) 2-raundda o‘zbekistonlik Liliya Shokirovani (8-2) bo‘g‘ish uslubi bilan taslim qildi.

3-jang. Fil Hous (9-2) 1-raundning 18-soniyasida Jeykob Malkunni (4-1) dahshatli nokautga uchratdi.

4-jang. Aleksandr Volkov (32-8) 2-raundda Uolt Harrisni (13-9) nokautga uchratdi.

5-jang. Robert Uittaker (23-5) to‘liq davom etgan jangda Jared Kannonye (13-5) ustidan g‘alaba qozondi.

Erta janglar natijalari:

1-jang. Ispaniyalik Yoel Alvares (18-2) rossiyalik Aleksandr Yakovlevni (25-11-1) 1-raunddayoq taslim qildi.

2-jang. Miranda Meverik (10-2) 1-raunddayoq Liana Jojuani (8-4) texnik nokautga uchratdi.

3-jang. Da Un Jang (13-2-1) va Sem Elvi (33-14-1) o‘rtasidagi jang to‘liq davom etdi. Hakamlar durang natijani qayd etdi.

4-jang. O‘zbekistonda tug‘ilgan qozog‘istonlik Shavkat Rahmonov (13-0) 1-raunddayoq raqibi Aleks Oliveyrani (22-9-1) taslim qildi.

5-jang. Keysi Kenni (16-2-1) to‘liq davom etgan jangda Nataniel Vud (17-5) ustidan ochkolar evaziga g‘alaba qozondi.

6-jang. Tay Tuivasa (11-3) 1-raunddayoq Stefan Shtruve (33-13) texnik nokautga uchratdi.