Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Yaponiyadagi Kioto prefekturasi tibbiyot universitetining olimlari koronavirus odam terisida to‘qqiz soat davomida faol holatda saqlanib turishi mumkinligini aniqladi. Bu haqda NHK xabar tarqatgan.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

Qayd etilishicha, koronavirus gripp virusiga nisbatan besh martaga ko‘proq yashovchanlik qobiliyatini saqlab turadi.

Dotsent Xirose Rexey va uning hamkasblari koronavirusning odam terisida yashab qolish imkoniyatlarini tekshirish uchun tadqiqot o‘tkazdi. Buning uchun olimlar koronavirus infeksiyasi asoratlari oqibatida hamda A turidagi gripp virusidan vafot etgan 100 minglab murdalarning teri namunalarini o‘zaro solishtirgan.

Ular koronavirusning taxminan 9 soat davomida zararli bo‘lib saqlanib turgani, gripp virusi esa 1 soat-u 50 daqiqada kuchsizlanib qolganini aniqlagan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Ilon Mask Twitter’da Apple reklamalari tiklanganini e’lon qildi
Dunyo
Turkiyaning Kizilelma qiruvchi droni ilk parvozni amalga oshirdi (video)
Dunyo
Xitoy Rossiyaga harbiy yordam ko‘rsatdimi?