Futbol bo‘yicha Coca-Cola Superliga 19-turida “Nasaf” 18-oktabr, yakshanba kuni “Buxoro” maydoniga safar qildi.

Foto: PFL

Uchrashuv qarshiliklarning ustunligida o‘tdi. “Nasaf” vakillari qatorida “Buxoro” futbolchilarida ham bir qator imkoniyatlar yuzaga keldi. Biroq o‘yinda hisob ochilmadi.

“Nasaf” 37 ochko bilan 3-pog‘onada qoldi, “Buxoro” (10) esa so‘nggi o‘rinda bormoqda.

“Ajdarlar” 20-turda OKMK bilan o‘ynaydi, “Buxoro” Bekobodda “Metallurg” mehmoni bo‘ladi.

Coca-Cola Superliga

19-tur bahsi

18-oktabr, yakshanba

“Buxoro” — “Nasaf” 0:0

“Buxoro”: Sardor Qobuljonov, Mirjalol Jumayev, Bobir Omonov, Suhrob Ne’matov (Nurjahon Muzaffarov, 85), Zohir Pirimov, Behruz Sadilloyev (Abdug‘ani Kamolov, 59), Bekzod Saidov (Anvarjon Jo‘rayev), Ergash Ismoilov, Fayzullobek Jumanqo‘ziyev, Solibek Karimov (Ilhomjon Alijonov, 46), Muhammad G‘iyosov (Jasur Hakimov, 70).

“Nasaf”: Umid Ergashev, Husniddin Aliqulov, Dilshod Rahmatullayev (Muhriddin Zoirov, 81), Dilshod Saitov (Jo‘rabek Mannonov, 81), Bobur Abdixoliqov, Sharof Muhitdinov, Islom Kenjaboyev (Akmal Mozgovoy, 75), Sherzod Nasrullayev (Husayin Norchayev, 75), Oybek Bozorov, Marko Stanoyevich, Umar Eshmurodov.

Ogohlantirishlar: Eshmurodov (62), Nasrullayev (65), Ne’matov (80), Pirimov (82).

Mavzuga doir:

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!