Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Xitoyning Shandun sharqiy provinsiyasidagi Sindao shahri ma’murlari besh kun ichida shaharning barcha 9,5 million aholisini koronavirusga qarshi tekshirishga qaror qildi, deb yozadi “TASS”. Sog‘liqni saqlash masalalari bo‘yicha shahar qo‘mitasi bayonotiga ko‘ra, shaharda koronavirus yuqtirish bilan bog‘liq 12 ta yangi holat aniqlanganidan keyin shunday qarorga kelingan.

Foto: “RIA Novosti”

Foto: “RIA Novosti”

Tasdiqlangan rejaga ko‘ra, yaqin uch kun ichida shahardagi beshta alohida tuman aholisi testdan o‘tkaziladi, besh kun ichida esa butun Sindao aholisini koronavirusga tekshirish yakunlanadi.

Ayni paytda shaharning turli hududlarida tahlil topshirish punktlari yonida yangi turdagi koronavirus nuklein kislotasini aniqlash testidan o‘tish haqida bildirishnoma olgan odamlardan iborat olomon to‘planib qolmoqda.

Xitoy hukumati o‘tgan bir kecha-kunduzda mamlakatning qit’a qismida koronavirusga chalinish bilan bog‘liq 53 ta holatni qayd etgan, ulardan uchtasi — mahalliy fuqarolarda. 2019-yil dekabridan buyon koronavirus bilan kasallanganlar soni 85,5 mingtadan oshgan. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Xitoyning qit’a qismida bemorlarning 94,31 foizi tuzalgan. Bu yerda koronavirus asoratlaridan jami qariyb 4,6 ming kishi vafot etgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Ularni kim deb atash mumkin?” Sardor Umrzoqov maishatboz rahbarlarni tanqid qildi
Mahalliy
G‘aniyev va Voitov klasterlarga past narxda paxta sotishni xohlamagan fermerlarga bosim o‘tkazilayotganini o‘rganadi
Mahalliy
“Ba’zi hokimlar, vazirlik rahbarlari o‘zlarini go‘yo xonlardek tutib, to‘rachilik kayfiyatiga berilib ketgan” — Sardor Umrzoqov