• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12694.97
    • RUB161.6
    • EUR14878.5
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Millat sha’nini tushirish uchun emas, yuksaltirish uchun shunday taklif bergandik”. Samarqand hokimi oqsoch ayollar masalasidagi gapiga izoh berdi

    Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov jurnalist va blogerlar bilan muloqotda o‘tgan hafta davomida ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama qilingan oqsoch ayollar masalasiga to‘xtalib o‘tdi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Farhod Norbo‘tayev xabar berdi.

    Foto: Samarqand viloyat hokimligi

    Foto: Samarqand viloyat hokimligi

    Ta’kidlanishicha, 12-oktabr kuni viloyat hokimi ishtirokida jurnalist va blogerlar uchun matbuot anjumani tashkil etilgan.

    “Hududlarda oqsoch ayollar, uy xizmatchilarini tayyorlash markazlari ochish, ularning huquqini himoya qilish borasida taklifim turlicha talqin qilindi. Shuni bilishingizni xohlardimki, bu gapni, avvalo, aziz ayollarimiz himoyasi uchun aytdim. Bu sohada tartib o‘rnatish, uy xizmatchilarining huquqini himoya qilish millatimizning sha’nini tushirmaydi, aksincha yuksaltiradi. Ularni o‘qitadigan markazlarni ochishning yomon tomoni yo‘q. Taklifim shuki, shundoq ham mavjud bo‘lgan xizmat turini qonuniylashtirish kerak, — dedi viloyat hokimi Erkinjon Turdimov. — Men ham mehnat bozoridagi vaziyatdan xabardor, odamlarning bugungi hayoti bilan yaxshi tanish viloyat rahbari sifatida o‘z takliflarimni bildirdim. Oqsochlar, ya’ni uy xizmatchilari faoliyatini tartibga solish, bu mehnat bilan shug‘ullanayotgan kishilar huquq va manfaatlarini himoya qilishni ta’minlash uchun ularni o‘qitadigan, himoya qiladigan markazlar tashkil etish zarurligini aytdim. Afsuski, buni har kim har xil talqin qildi. Bu o‘rinda odamlarning ko‘ngliga og‘ir botgani – ‘oqsoch’ so‘zi. Lekin istaymizmi-yo‘qmi bu faoliyat bilan shug‘ullanuvchilar avval ham bo‘lgan, bugun ham bor”.

    Viloyat hokimining ma’lum qilishicha, bugungi kunda birgina Samarqand viloyatining o‘zida 246 ming kishi xorijga ishlash uchun ketgan. Ularning 72 ming 800 nafarini xotin-qizlar tashkil qilib, 75 foizi Rossiyada, 7 mingga yaqini Turkiyada mehnat qilmoqda.

    “Bugun xorijda ishlayotgan ayollarning aksariyati uy xizmatchisi, enaga vazifasini bajaradi. Buni yashirish kerak emas, tan olib, ularning manfaatini himoya qilishni o‘ylashimiz, mazkur yo‘nalishga ham zamonaviy yondashishimiz kerak. Badiiy asarlarda yoki tarixiy kitoblarda ham bu so‘z uchraydi. Bugun ko‘proq uy xizmatchisi yoki enaga deb nomlaymiz. Ammo, tan olaylik, qadimda bunday kishilarni o‘sha xonadon egalari o‘z yaqinlaridek qabul qilgan bo‘lsa, hozirda past nazar bilan qaraydi. Ularning sha’ni, qadr-qimmatini toptash holatlari o‘zimizda ham, xorijda ham uchramoqda. Shuning uchun ushbu masalaga e’tibor qaratib, oqsochlarni tayyorlaydigan, ularning huquqlarini kafolatlagan holda xizmatini taklif etadigan markazlar tashkil etish taklifini ilgari surdik”, — dedi viloyat rahbari.

    Foto: Samarqand viloyat hokimligi

    Foto: Samarqand viloyat hokimligi

    Erkinjon Turdimov hozirgi kunda oilalarga oqsoch, enaga topib berishni daromad manbayiga aylantirib olgan “tadbirkorlar” borligini aytib, ularning xizmatida hech qanday qonuniy asos yo‘qligini bildirdi.

    “Ular kimgadir oqsoch topib bergani uchun haqini olib ketaveradi, keyingi mehnat munosabatlari haqida o‘ylab ham ko‘rishmaydi. Oqibatda bundan ko‘p hollarda ish beruvchi o‘sha oila yoki ularga xizmat ko‘rsatgan uy xizmatchisi, enaga jabr ko‘ryapti. Shuning uchun bu xizmat turi bilan shug‘ullanishni istovchi ayollarimizga o‘z huquqlarini o‘rgatish, uy-ro‘zg‘or ishlarini yuritish bo‘yicha malakasini oshirishni amalga oshiruvchi maxsus markazlar tashkil etish maqsadga muvofiq. Bu fikr, taklifni aziz ayollarimiz himoyasi uchun bildirdim. Biz bu sohada tartib o‘rnatilishini, uy xizmatchilarining qonuniy huquq va manfaatlari himoya qilinishini istaymiz. Millat sha’nini tushirish uchun emas, yuksaltirish uchun shunday taklif aytdik”, — dedi hokim Turdimov.

    Eslatib o‘tamiz, 8-oktabr kuni Samarqand viloyat hokimi Erkinjon Turdimov Prezident rahbarligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida oqsoch ayollarga talab ortib borayotgani sabab ayollarni bu kasbga tayyorlash tizimini shakllantirish taklifini bergan edi. Turdimovning bu gaplari jamoatchilik orasida keskin tanqidlarga sabab bo‘ldi. Keyinchalik Samarqand viloyat hokimligi ijtimoiy tarmoqlardagi tanqidlarga munosabat bildirib, Turdimov ushbu fikri bilan aslida nima demoqchi bo‘lganini tushuntirdi. Blogerlar va ijtimoiy faol fuqarolar Samarqand viloyat hokimi jo‘yali taklif bergani, uni noto‘g‘ri talqin qilmaslik kerakligi haqida postlar qoldirgan.

    Mavzuga doir: Mehnat vazirligi Samarqand viloyati hokimining ayollarni oqsochlikka o‘qitish haqidagi fikriga munosabat bildirdi

    12.10.2020, 21:41   Izoh (0)   33160
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Akademik Shavkat Akmalxonov 87 yoshida vafot etdi

    12.10.2020, 21:26

    MIB Samarqanddagi qarzdor korxonadan 416 mln so‘m undirdi

    12.10.2020, 20:42

    Toshkentda Bunyodkor shoh ko‘chasining bir qismi 10 kunga yopiladi

    12.10.2020, 20:27

    OAV: Shuhrat G‘aniyev koronavirus bilan kasallandi

    12.10.2020, 20:12

    O‘rta Chirchiqda karantin qoidalarini buzib, xo‘roz o‘yinlarida qatnashgan 124 nafar shaxs qo‘lga olindi

    12.10.2020, 19:41

    Toshkentda uxlayotgan itga qaynoq suv to‘kkan xavfsizlik xodimi ishdan olindi

    12.10.2020, 19:26
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Savdo, fintex va “yashil” loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    Toshkent va Bangkok o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov: Centrum Air yangi xalqaro yo‘nalishni ishga tushiradi 


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi


    Market Yandex Go Samarqandda ishga tushdi


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Daryo” videoreportaji: Ozodbek Nazarbekov Namanganda katta sahnaga qaytdi

    O‘zbekiston | 1 iyul, 00:10

    Tailandda budda rohibi o‘z hamkasbini otib o‘ldirdi

    Dunyo | 30 iyun, 23:55

    Shahrisabzda ikkita do‘kon yonib ketdi (video)

    O‘zbekiston | 30 iyun, 23:40

    Britaniyada ChatGPT tufayli ish o‘rinlari bilan bog‘liq muammolar paydo bo‘ldi

    Dunyo | 30 iyun, 23:25

    Yaponiyada qora ayiq tufayli aeroport faoliyati to‘xtab qoldi (video)

    Dunyo | 30 iyun, 23:10

    “Daryo” dayjesti: 30-iyunning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 30 iyun, 23:00

    “Operachi bo‘lish oson emas” — Aqlbek Piyazov italyan tilini o‘rgangani, musofirchilikdagi hayoti va eng ko‘p olgan gonorari haqida gapirdi (foto, video)

    Shou-biznes | 30 iyun, 22:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.